Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Barnoyeva Zilola Bahriddinovnaning ona tili fanidan 4-“E” sinfida “Undalma haqida ma`lumot” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

Sinf:4-“E” Sana : 9.10.2018 Fan: Ona tili
Mavzu: Undalma haqida ma`lumot
Dars shiori: Dars muqaddas.
Darsning maqsadi:1.Ta`limiy-O`quvchilarga undalma haqida tushuncha berish orqali o`quvchilarni undalmali gaplarni ohangiga rioya qilib o`qishga, ularni o`zgalarga to`g`ri murojaat qilish ko`nikmasini shakllantirish
FK-1 o`qilgan matn mazmunini va o`zgalar fikrini anglash, ifodalay olish, undalma va undalmadan keyin vergul yoki undov belgisining qo`yilishini bilish.
2.Tarbiyaviy- O`quvchilar o`zaro hamkorlik ,shirinsuxanlik, mehr-oqibatlilik halollik, mehnatsevarlik ,komil inson bo`lish ruhida tarbiyalash.
TK-5 yaxshi va yomon odatlarnibir-biridan farqlay olish
3. Rivojlantiruvchi-O`quvchilar nutqida undalmalardan to`g`ri foydalanishga, tafakkur olami boyitishadi, so`z boyligini o`stirishadi ,yozma va og`zaki nutqi, xotirasi ,idroki rivojlanadi.
TK-2 media vositalaridan, didaktik materiallardan foydalanish
Dars turi: Yangi bilim berish darsi.
Dars usuli: Zamonaviy, Aqliy hujum , klaster.savol-javob,yozma, musobaqa,
Darsning jihozi: Ko`rgazma ,multimedia , tarqatma, slayd,plakat rasmlar.
Darsning rejasi: I-Tashkiliy qism – 3 d
II-O`tilgan mavzuni so`rash -7 d.
III-Yangi mavzu bayoni-20 d
IV-Mustahkamlash-12 d
V- Dars yakuni baholash -2 d
VI-Uyga vazifa berish -1 d
Darsning borishi:O`quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash .
I.Tashkiliy qism:O`qituvchi: Bolajonlar sog`lommisiz?
Darsimizga tayyormisiz?
O`quvchi:Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsga tappa-tayyormiz.
O`qituvchi: Darsimiz nima bolajonlar?
O`quvchilar:Ona tili-onajonim tili -bu .
navbatchi axboroti tinglanadi
Kuz faslidagi bayramlar?
Kuz faslidagi tabiatning o`zgarishi, hayvonlar hayoti
Qanday milliy boyligimizni bilasiz?
Kuz fasli haqida guruhlar she`r aytadilar
Vatanimizning nomi nima bolajon?
Poytaxtimiz nomi nima? Prezidentimiz kim?
21-oktabr “O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.O`zbek tiliga So`z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy asos solgan.
Prezidentimiz I A Karimov aytganlaridek “Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”
II-O`tilgan mavzuni so`rash:
Uyga berilgan mashqni guruhlarda o`quvchilar o`qiydilar va tekshiriladi.
Bolajonlar , o`tgan darsda qaysi mavzuni o`tgan edik ?Keling o`tgan mavzuni “Aqliy hujum” o`yini orqali takrorlab olsakda guruhimizga a`lo baholarni qo`lga kiritsak.

1-guruhga savollalar
1. Zaynab opaning uylari shumi? Bu qanday gap?
2.Ega uyushib kelgan gap ayting?
3.Uyushiq bo`lak qanday aytiladi?
4. Matn nutqning qanday shakli?
5.Qodir boboning nechta farzandi boredi??
6.10dm necha smga teng?
7. Quyosh atrofida nechta sayyora bor?
2-guruhga savollalar
1. Uyushiq bo`lak qanday ohang bilan aytiladi?
2.Darak gapdan so`ng qanday tinish belgisi qo`yiladi?
3. Gapda kesim uyushib keladimi?
4. Noma`lum kamayuvchi qanday topiladi?
5.Yerning tabiiy yo`ldoshi nima?
6.Odamdan nima qoladi? Matni muallifi kim?
7.Gapning maqsadga ko`ra turlarini ayting?
3-guruhga savollar
1. Ikkinchi darajali bo`laklarga qanday chiziladi?
2. Havo sovuq bo`ldi. Gapda sifatni ayting?
3. So`z turkumlari nechta ?
4. Gapning asosiy bo`laklarini ayting”
5. Yerni o`rab turgan havo bizni nimalardan himoya qilib turadi?
6. 3 soat necha minut bo`ladi?
7. Necha xil salomlashish bor ekan?
Rahmat bolajonlar!
III-Yangi mavzu bayoni:
Husnixat daqiqasi:
Undalma haqida ma`lumot multimediya asosida beriladi
Eslab qoling: So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so`z undalma deyiladi. Og`zaki nutqda undalma undash ohangida aytiladi. Yozuvda undalmadan so`ng ko`pincha vergul qo`yiladi,kuchli his-hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qo`yiladi. Undalma gap bo`lagi sanalmaydi.
Darslik bilan ishlash 66-mashqni o`quvchilar o`qiydi.
Ajratilgan so`zlarni tushirib, gaplarni qayta o`qing. Ularning mazmunidagi farqni ayting.
1.Bolajon, sen doim suyuksan.
Bilib qo`y: iqboli buyuksan!
2.Bolam, bobong yaratgan bog`lar, bobong ekkan tut hali ham yashnab turibdi. 3.Bobojon, laylaklar qishlog`imizga yana qaytib kelarmikan?
Har bir guruhdan bir nafardan o`quvchilar chiqib mashqni husnixat bilan yozadi chiroyli yozgan guruh baholanadi.
Dam olish daqiqasi:
G`ir-g`ir shamol yeladi
Buni hamma biladi
O`giradi yelga yuz
-Marhamat kel oltin kuz.
Keling bolajonlar mashq shartini o`qib sharti tushuntiriladi.
Sahna ko`rinishi: “Ona va bola”
Bir kampirning shaharda yashaydigan o`g`li uyiga keldi.
Shunda onasi sevinib:
-O`g`lim, senga ajoyib ovqatlar tayyorladim . Semizgina g`oz go`shtim bor. Shirin, yog`li quymog`im bor. Yana quyuq qaymog`im bor. Ko`ngling qaysi birini xohlasa, shuni oldin beraman,-debdi.
O`g`li onasiga:
-Onajon, men go`z go`shtini quymoqqa o`rab, uni qaymoqqa botirib yeyishga odatlanganman,-debdi
Darsa kamroq ishtirok etgan o`quvchilarga tarqatmalar beriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Undalmani top
1- guruhga
Qayoqlarda yurgan eding, bolaginam?
2- guruhga
Dadajon ,kaklik nega sayramayapti?
3- guruhga
Bolajonlarim, eng yaxshi kitobxon kim?

Topshiriq
Ekranda gaplar beriladi. Nuqtalar o`rniga gaplar ostidagi undalmalarning mosini qo`yish lozim. Gaplar bittadan, qo`yish uchun berilgan undalmalarning barchasi chiqadi.

V-Dars yakuni:
Guruhlarni olgan baholarini hisoblab rag`batlantiraman.
Uyga vazifa : 68-mashqni bajarib kelish.

Новый рисунок (33)