Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Norqulova Xolida Cho’tboyevnaning 3-“E” sinfida “So’roq gap” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

Sana: 18-oktabr
Sinf: 3-“E”
Fan: Ona tili
Mavzu: So’roq gap. (83-84-mashqlar).

Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: Oquvchilarga so’roq gap haqida ma’lumot berish.
T.K. O’quvchilarni kitob bilan ishlashga ,kerakli qoidani ,mashqni tezda topishga,mashq topshiriqlarini bajarishga ,bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rgatish. F.K.Nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay olish.
b)Tarbiyaviy :Tabiatni kuzatish va asrashga o’rgatish. T.K.Kattalarning nasihatiga amal qilish.
c) Rivojlantiruvchi: Gap tuzishni o’rgatish orqali o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish. F.K.Mavzuga oid so’z va iboralarni og’zaki va yozma nutqda qo’llay oladi.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: “To’g’ri –noto’g’ri” , “Sinkveyn” metodi, guruhlarda ishlash, ”Bu meniki” ta’limiy o’yin
Dars jihozi: Multimedia ilovasi,tarqatma materiallar ,rasmlar.

Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism 2 d
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash 8 d
3.Yangi mavzu bayoni 20 d
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 10 d
5.Darsni yakunlash 3 d
6.Uyga vazifa 2d

Darsning borish
I.Tashkiliy qism 2 d
O`quvchilar:Yo`lingizga chiqdik peshvoz,
Xush kelibsiz! Salom, ustoz.
O`qituvchi:Va aleykum assalom, qadrdon o`quvchilarim. Xo`sh, bugun yana yangi bilimlar olishga tayyormisiz?
O`quvchilar: Tayyormiz.
O‘qituvchi: — Darsimiz shiori?
O‘quvchilar: — Bilim ol, hunar tanla!
O‘qituvchi: — Bilim olib, hunarli bo‘lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu — ….
O‘quvchilar: — Sog‘lig‘imiz.
Navbatchi axboroti tinglanadi.

II. O’tgan mavzini mustahkamlash 8 d
(O‘quvchilardan o‘tilgan mavzu, uyga vazifa so‘rab aniqlanadi va daftarlari almashtiriladi).
O‘qituvchi: — Darsimizni 3 guruhga bo‘linib, musobaqa tarzida o‘tamiz.
1- guruh: «Navoiy». 2- guruh: «Bobur». 3- guruh: «Amir Temur».
O’tgan mavzuni mustahkamlashda “To’g’ri –noto’g’ri” metodidan foydalaniladi. Uch guruhga jadvallar tarqatiladi va ular tushunchalarni to’g’ri yoki noto’g’riligini belgilaydilar .Topshiriq bajarilgach tekshiriladi va rag’batlantiriladi.O’qish kitobidagi “Ilmli ming yashar” asaridagi so’roq gaplar yozish topshirig’i shu metod orqali aniqlanadi.

Tushunchalar
To’g’ri Noto’g’ri
Hali senga xo’jalik bog’ini ko’rsataman.
Tog’a bu uzumlarni qanday yetishtirdingiz.
Tog’asi o’sha kitobni oldi.
Sohibkor kim o’zi.
U jiyanni ko’rib xursand bo’ldi.

Tushunchalar
To’g’ri Noto’g’ri
O’hho’ uzum boshlarining kattaligini qarang?
Tog’a bu uzumlarni qanday yetishtirdingiz?
Tog’asi Yolqinjonni uzumzorga olib bordi?
Sohibkor kim o’zi?
Kitobdan o’rganganlarimni ishga soldim?

Tushunchalar To’g’ri Noto’g’ri
Yolqinjon kuz kunlari tog’asinikiga bordi?
Sohibkor deb o’z ishini ustasiga aytiladi?
Voybo” –dedi Yolqinjon o’zicha,-o’sha sohibkorning oltmish yillik ishini birdaniga o’rganib olindingizmi?
Unda yoshingiz qancha bo’ladi?
Yoshim qirqda bo’ladi?

Topshiriq bajarilgunga qadar ona tili haqida “Muloqot” metodidan foydalanib suhbat o’tkaziladi.
O‘qituvchi: — Bugun asosiy e’tibor yorug‘ kelajagimiz bo‘lgan siz — bolajonlarga qaratilmoqda. Bu — mustaqilligimiz sharofati. Sog‘lom farzandlar buyuk kelajagimiz taraqqiyotining asosiy negizidir. (O‘quvchilar Vatan, sog‘lik, tinchlik haqidagi she’rlarni yoddan aytadilar).
Vatanginam, baxtim sen, Ko‘z ochganim, taxtim sen.
Jonim fido, ahdim sen, Nur jahonim, Vatanim!

O’quvchi: -Ona tiliga e’tibor va ehtirom bilan qaramoq, har bir so‘zining qatiga yashiringan ma’no jilolari-yu mazmun teranliklarini idrok etib, ulardan huzurlanmoq bizning burchimiz.
O’quvchi: — Bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va fidoyilik bilan qo‘rimoqqa hamisha hozir bo‘lmoq Vatan farzandining oliy farzidir.
3-o’quvchi:Dunyoda tillar ko‘p. Ular ichida bizning ona tilimiz alohida ajralib turadi.
4-o’quvchi:O‘zbek tili so‘zga boy
Sizga ayon hoyna-hoy.
Bu tilda so‘zlaganda
Bulbullar qilar xanda.
5-o’quvchi: Navoiyning g‘azali
Bu tilda xo‘p mazali.
Men shu tilda so‘zlayman
Va shu tilda kuylayman.
1- o‘quvchi: — Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi. Ona tilini sevish ajdodlar ruhiga hurmat ramzi, milliy qadriyatlarini asrab-avaylash belgisidir.
2- o‘quvchi: — 1989- yil 21- oktabrda «Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu voqea millatimiz taqdirida tarixiy voqea, istiqlol yo‘lidagi dastlabki va muhim qadam bo‘ldi.
3- o‘quvchi: — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida, «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning 1- moddasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tili ekanligi belgilab qo‘yilgan.
4- o‘quvchi: — «Davlat tili» deganda, shu davlat hududida og‘zaki va yozma muloqot vositasi sifatida rasmiylashtirilgan til tushuniladi.

Husnixat daqiqasi: KK harfi mashq qilinadi. Kitob, kamalak, karvon, kiyik

III. Yangi mavzu bayoni 20d
Mavzuni boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga :Darak gap deb nimaga aytiladi? Darak gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi?deb so’raydi va qanday mazmundagi gap aytigani to’g’risida o’quvchilarga savol berib, mavzu ochib beriladi.
1-topshiriq Animatsiyadan matn beriladi.Matn ostidagi “Darak gap” , “So’roq gap” sarlavhalari beriladi.Sarlavhalar yonida doiracha ranglar berilib ,o’quvchi topshiriqni bajarish uchun ranglardan foydalaniladi.Gaplar rangsiz tasmada bo’ladi.Darak gapni aytish uchun o’quvchi sarlavha yonidagi rangni tanlab , bo’yashi kerak bo’ladi.Faqat oxirgi gap ikki guruhga kirmaydi.
Qoida:Biror narsa haqida so’rash maqsadini bildirgan gap so’roq gap deyiladi. So’roq gapning oxiriga so’roq (? ) belgisi qo’yiladi.
.
83-mashq sharti o’qitiladi va o’quvchilar bir- biri bilan biror narsa haqida so’raydilar va javob beradilar. Bunda qanday gaplardan foydalanganini aytadilar.O’quvchilar tuzgan gaplarini yozadilar va gaplarning oxiriga kerakli tinish belgilarini qo’yadilar.
.
Dam olish daqiqasi : “Men kimman?”o’yini
. Guruhlardan1tadan o’quvchi chiqib,biror bir kasb egasi tasvirlangan rasm ko’rsatmasdan ,bosh qismiga kiygizib qo’yiladi.O’tirgan o’quvchilar ushbu kasbning sifatlarini navbat bilan aytishadi.O’quvchi esa ularning ma’lumotlariga asoslanib, bu soha vakilini taxmin qiladi va topadi.
84-mashq sharti o’qitiladi va so’roq gaplarni ko’chirib oladilar
Laylo buvisining yoniga xomush kirib keldi.
–Buvijon,gulim kasal bo’lib qolibdi.
–Qayerdan bilding?
–Ana, bargi so’ligan.Endi nima qilamiz?
–O’zing tuzata qol, qizim.
–Dori quti qayerda, buvijon?
–Dori qutini nima qilasan?Bu gulga dori kerak emas.
–Unda nima qilay?
–Tagini yumshat, suv quy.Guling tuzalib ketadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 10 d

Guruhlar o’rtasida tezkor savol – javoblar o’tkaziladi.
1.O’zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berildi ?
2. So’roq gap deb nimaga aytiladi?
3.Unlilar nechta ?
4.Gaplar maqsadga ko’ra necha turga bo’linadi?
5.Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar qaysilar ?
6.Darak gap deb nimaga aytiladi?
7.Til haqida maqol ayting.
8.Tutuq belgisi bor bo ‘lgan so’zlar ayting.
9.Undov gap deb nimaga aytiladi?

“U nima qilyapti ?“o’yini
3ta guruhdan bittadan o’quvchi chiqib ovozsiz harakatlar qiladi.O’quvchilar jamoasi birgalikda uning harakatlarini izohlab beradi

“Bilimdon” bola lar jurnali ochilib ,quyidagi maqollar qismlar ajratib beriladi.O’quvchi qismlarni birlashtirib ,maqolni yaxlitlashi lozim.

Yaxshi yaxshiga yondashtirar,yomon yo’ldan adashtirar.
Do’st so’zini tashlama ,tashlab boshing qashlama.
Aqlli o’zini ayblar ,aqlsiz –do’stini.
Daryo suvini bahor toshirar,odam qadrini mehnat oshiriar.
Test sinovi

V.Darsni yakunlash :Guruhlarni ballari e’lon qilinadi va o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa :85-mashq sharti tushuntiriladi.

20181022_101119 20181022_094724

20181022_101650 20181022_094957