Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Rahmatova Shahlo Zubaydullayevnaning “Atrofimizdagi olam” fanidan 2-“D” sinfida “Yil fasllari” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

Sana : 27-sentabr 2018-yil
Sinf : 2-“D’
O’qituvchi : Rahmatova Sh
Atrofimizdagi olam fanidan
Mavzu: Yil fasllari
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: O`quvchilarning yil fasllari va ularning
almashinishi,undagi o’zgarishlar , fasllarning vazifalari bilan
tanishtirish;
b) tarbiyaviy: Atrofimizdagi olamni muhofaza qilish , yashil
olam boyliklarini asrab-avaylashga,jonivorlarga g`amxo`r
bo`lishni o`rgatish, o`quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida
tarbiyalash;
s) rivojlantiruvchi: O`quvchilar ongida ekologik madaniyatni
shakllantirish va rivojlantirish.

TK-3 O’z kun tartibini tuza oladi , o’z huquqlarini biladi.
TK 4 Ijtimoiy faol munosabatga kirisha oladi. , yil fasllari , tabiat hodisalarini biladi va o’z munosabatini bildiradi.
Dars turi: Noan’anaviy.
Dars uslubi: Tushuntirish, savol-javob, aqliy hujum, didaktik o`yinlar, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: ”Atrofimizdagi olam” darsligi, multimedia, texnika vositalari, yil fasllariga oid plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
1.Salomlashish – good morning;
2.O`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
3.O`quvchilarni guruhlarga bo`lish, guruh sardorini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rash
O`qituvchi: Bolajonlar, bugungi darsimizni sayohat tarzida olib boramiz. Hozir biz raketamizda quyoshga parvoz qilamiz. Atrofni kuzatib boring. Nimalarni ko`ryapsiz?
O`quvchilar: Bulutlarni, tog`larni, qushlarni, suvlarni, daraxtlarni, kichirayib ko`rinayotgan uylarni ko`ryapmiz.
O`qituvchi: Mana,Quyoshga ham yetib keldik.
(Doskaga quyosh maketi joylashtirilgan)
O`quvchilar: Salom, Quyosh bobo!
O`qituvchi: Biz sizlar bilan o`tgan darsimizda quyosh haqida nimalarni bilib olgan edik?
1-o`quvchi: Quyosh-olamni yoritadi, isitadi.
2-o`quvchi: Dalalarni yashnatadi.
3-o`quvchi: Insonlarga, hayvon va o`simliklarga hayot bag`ishlaydi.
O`quvchilar javoblari tinglanib, o`qituvchi o`quvchilarning javoblarini qog`ozga yozib boradi va quyosh nurlari tarzida xattaxtaga yopishtiradi.

isitadi

yoritadi hayot

yashnatadi nur beradi

yorug`lik

III. Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilar bilan yangi mavzu yuzasidan kirish suhbati o`tkaziladi.
O`qituvchi: Quyoshdan kelayotgan issiqlik va yorug`lik natijasida yer yuzi to`rt xil ko`rinishda o`zgarib turadi. Bular fasllar deyiladi.
Aqliy hujum: Bir yilda nechta fasl bor?
Hozir o`lkamizda qaysi fasl?
O`qituvchi to`rt fasl tasvirlangan plakatlar yordamida ma’lumotlar beradi.
Har bir guruh sardori Quyosh bobo nurlari orqasiga yashiringan fasl nomlarini
navbat bilan oladi va bu guruh shu fasl nomi bilan ataladi.
1- Qish
2- Bahor
3- Yoz
4- Kuz
Bahor kelishi bilan kunlar isiy boshlaydi. Boychechak, binafsha va lolalar ochiladi. Daraxtlar gullaydi. Issiq o`lkalardan qushlar uchib keladi.
Yoz faslida kunlar uzayadi. Havo issiq bo`ladi. Mevalar g`arq pishadi. Bolalar suv havzalarida cho`miladilar.
Kuz fasli kelishi bilan bog` va dalalarda yig`im – terim ishlari boshlanadi. Daraxt barglari sarg`ayib, to`kila boshlaydi. Yomg`ir yog`adi.
Qish faslidakunlar sovuq bo`ladi. Qor yog`adi. Daraxtlar uyquga ketadi.
Video: Fasllar haqida
Har bir guruh a’zolariga topshiriqlar berishdan oldin darslikning sahifasiga o`quvchilarning e’tibori qaratiladi.
Darslik bilan ishlash
O`qituvchi: Bolajonlar siz nimalarni ko`ryapsiz?
O`quvchilar: Yil fasllariga oid rasmlarni ko`ryapmiz.
O`qituvchi: Rasmlarda nimalar tasvirlangan?
O`quvchilar: Gullagan daraxt, gullar, pishgan mevalar, oromgohda dam olayotgan bolalar, atrof qor bilan qoplanganini ko`ryapmiz.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar, siz guruhingiz bilan birgalikda darslik yordamida bajarishingiz uchun quyidagi topshiriqlarni beriladi.
IV. Mustahkamlash
1-topshiriq:Yil fasllarini ketma-ketlikda joylashtiring va ulardagi o`zgarishlarni ayting?
O`quvchilar aralashtirib qo`yilgan yil fasllarini ketma-ketlikda joylashtiradilar: Qish, bahor, yoz, kuz.

Dam olish daqiqasi. “Tropik yomg`ir” o`yini
O`qituvchi qo`l harkatlari orqali tabiatning turli hodisalarini avval sekin, so`ng tezlashgan holda ko`rsatadi. O`quvchilar soat millari bo`ylab ushbu harakatni davom ettiradilar.
1. Shamol (qo`llar kaftlari bir- biriga ishqalanadi)
2.Yomg`ir (o`rtancha barmoq va bosh barmoq ishtirokida qo`llar qarsillatiladi.)
3. Jala (qo`llar chirmashtirilib,yelkalarga qarsillatib uriladi)
4. Do`l, sel (tizzalarga uriladi)
5. Qor, izg`irin (qo`llar bir-biriga ishqalanib, galma-galdan sakraladi)
2- topshiriq: O`quvchilarga A4 formatda bittadan daraxt rasmi tushirilgan varoq tarqatiladi. Har bir guruh a’zolari o`z guruhlari nomlangan faslga xos o`zgarishlarni daraxt atrofiga joylashtirish aytiladi.(Buning uchun fasllarga oid rasmlar oldindan aralashgan holda tayyorlab qo`yiladi)

1-guruh. Qish 2-guruh. Bahor 3- guruh. Yoz 4-guruh. Kuz

3-topshiriq:”Ortiqchasini top!” o`yini.
O`quvchilarga fasllarga oid rasmlar qatori slayd orqali ko`rsatiladi.
O`quvchilar faslga mos bo`lmagan rasmni topadilar.
1-guruh. Qish

2 – guruh . Bahor

3-guruh. Yoz

4-guruh. Kuz

V. Darsni yakunlash:
O`qituvchi: Bugungi dars sizga yoqdimi?
Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?
O`quvchilarnig har bir bajarilgan topshirig`i uchun qo`yilgan ballar hisoblanadi, g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa:
Fasllarga oid rasm chizish.