Geografiya fani o’qituvchisi Ishpulatova Matluba Xoshimovnaning “Geografiya-tabiiy fanlar sultoni” mavzusidagi tadbir ishlanmasi.”

Sinf: 7
Sana: 26.09.2018 yil
1-boshlovchi: -Assalom, o’zbegim, ozod Turonim,
Mustaqil diyorim, O’zbekistonim.
Kelajagi buyuk ulug’ diyorsan,
O’zingga xonsan-u, o’zinngga beksan.
Istiqloling muborak, senga, Vatanim,
O’z erking muborak, buyuk Turonim.
2-boshlovchi: – Daryolar, dengizlar, tog’larga makon,
Bog’lari chaman-u, oltinlarga kon,
Bir go’zal dioyor bor, cho’llari bo’ston,
Sharqimning mash’ali, sen, O’zbekiston!
1-boshlovchi: -Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, qadrli o’quvchilar!
2-boshlovchi: -Geografiya-insoniyatning beshigi hisoblanmish Yer sayyorasi va uning tasvirini o’rganuvchi eng qadimiy fan. Murg’ak qalblarni o’zi yashab turgan zamin hamda uning ajoyib va g’aroyib tabiat sirlaridan xabardor etgani bois bu fanni sevib o’qimaydigan o’quvchi bo’lmasa kerak.
1-boshlovchi: kishilik jamiyati vujudga kelibdiki, geografiya fani mavjuddir. Chunki qadimgi sayyohlarning o’zga qit’alarga qiziqib yo’l olishlari, undan ham ilgari yo’llarni aniqlab olishlari uchun tosh va yog’ochlarga shartli ko’rsatkich belgilarini ishlata olishga harakat qilishlari, Yerning shakli va kattaligi haqidagi gipotezalari fikrimiz isbotidir.
2-boshlovchi: -Bashariyatning ko’hna tarixiga nazar tashlaymiz. Geografiya fani insoniyatga nima berdi?
1-boshlovchi: – Geografiya fani va uning jasur, jonkuyar sayyohlari bo’lmaganida balki Amerika, Avstraliya, Afrika qit’alari, tog’larning balandligi, cho’qqilar okean osti cho’kmalari, jonzotlar, tabiat mo’jizalari va bir qancha noyob durdonalar nomalumligicha qolgan bo’lardi.
2-boshlovchi: – Shuningdek, butun sayyora aholisi, uning ishlab chiqarish jarayonlari ijtimoiy- iqtisodiy aholi hamda yer sharining ekologik vaziyatlarini o’rganib bo’lmasdi.
1-boshlovchi: -Shunday ekan
Buyuk sayyoh olimlarning kashfiyoti-bu
Yer kurasin baxsh etuvchi kuy bayoti –bu,
Zamindagi mavjudotlar pur hayoti –bu
Sayyoramiz sayrati- geografiya-bu.
2-boshlovchi:
-Bu demakki, jasoratlar majmuasigir,
Sayyohlarning tasavvuri, tasviri shudir
Dillarga beruvchi olam-olam ziyo nur
Tabiatni o’rgatuvchi geografiya-bu.
1-boshlovchi:
Barcha sirlar mo’jizalar jam bo’lgan bunda
Shoir qalbin zabt etuvchi ilhom ham shunda
Hayollarni tilsimlagan sehrlar kunda
Mening ezgu ko’ngil torim geografiya-bu
2-boshlovchi:
-Al-Beruniy, Bobur mirzo, dono Ulug’bek,
Magellan, kolumb hamdafarang o’g’loni dreyk
Donish ilmin yaratishgan ulardir buyuk,
Tabiiy fanlar sultoni geografiya-bu.
1-boshlovchi: O’quvchilar ijrosida “Tabiatdan yaralgansan” she’rini e’shitamiz.
Go’zal diyor, moviy osmon,
Suv xo’p zilol, tanga darmon
Desalar hech qosh jimirma,
Tabiatdan yaralgansan.
Sochingni shamol o’ynasa,
Xazon kabi undan qochma
Boshing silab, yomg’ir yog’sa
Labing burib, tana tortma
Oftob o’tib, qizdirsa bosh
Yuz o’girma, ayla bardosh
Qalbingdagi qora otash
Tabiatdan yaralgansan.
1-boshlovchi: -Endi davramizga GEOGRAFIYA darsligini taklif etamiz.
“Geografiya so’zi”
Qadimda Eratosfen,
Atagan fan o’sha men,
Yunoncha so’z geo-Yer,
Grafo-chi-yozaman der.
O’zbekchaga o’girsak-
Yerning tasviri demak.
Buni har bir o’quvchi,
Albat bilmog’i kerak.
Ikki jonim bor mening
Yer shari shonim mening,
Tabiatdir vujudim,
Sizlar mening bor-budim.
Bir tarmog’im tabiat,
Shaydosi bo’lsa agar,
Ikkinchi bilim,qoida,
Jam xo’jalik faoliyat.
2-boshlovchi: – Hurmatli o’quvchilar, bilasizki, geografik bilimlar, o’z-o’zidan to’planib qolmaydi. Bu bilimlarningto’planib bizlarga yetib kelishida buyuk geograf olimlarning xizmatlari benihoya kattadir.
1-boshlovchi: – Davramizga buyuk geograf olimlarimizni taklif etamiz. Davraga buyuk sayyoh va olimlarning portretlarini ko’tarib olgan bolalar kirib kelishadi va ”Buyuk geograflarmiz” she’rini o’qishadi.
Dunyo xaritasini
Birinchi bor kim tuzgan?
So’rasalar o’sha men,
Nomimdir Eratosfen.
Globusni birinchi
Yaratdik biz ikkovlon,
Beruniy o’zbek o’glon,
Behaym-asli olmon.
Dunyo bo’ylab, eng avval,
Sayyoh u kim, bo’lgan ekan?
Savolingiz etay hal,
Uning nomi Magellan.
2-boshlovchi:
– Shu o’rinda atoqli shoirimiz Abdulla Oripovning quyidagi misralarini aytib o’tmasak bo’lmaydi:
…Amerika – sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali.
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql mash’ali.
Kolumbda bor alamim manim,
O’zbekiston – Vatanim manim.
1- boshlovchi:
-Aziz o’quvchilar, geografiya fanida eng ko’p ishlatiladigan atamalar bu – gorizontning tomonlaridir, Qani kim aytadi, gorizont tomonlari bular qaysi?
O’quvchilardan biri javob beradi.
2-boshlovchi:
– Hozir biz davramizga gorizont tomonlari – Shimol, Sahrq, Janub, G’arbni taklif etamiz.
Shimol:
Hamma mendan qo’rqar, nomimdir – shimol,
Qahraton izmimda har vaqt bemalol.
Sizlarga kelmasin sovug’im malol,
Men- ku, kumush qishning erkasi – shimol.
Janub:
Olingiz meni tanib,
Men issiq tomon – janub.
Sharq:
Quyosh chiqadigan tomonman o’zim,
Ummondan ustunroq mening har so’zim.
Sevimli Sharqdirman, ta’rifim doston,
Shoirlar so’zida, nur tomon yuzim.
G’arb:
Men hammadan go’zaldirman,
Shuning uchun maftunkordirman.
Quyoshjonga in qilib bergan,
“Kun botarman”, baxtiyordirman.

O’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishi namoyish etiladi.

Tadbir Vatan haqidagi qo’shiq ijrosi bilan yakunlanadi.

Новый рисунок Новый рисунок (10)

Новый рисунок (9) Новый рисунок (8)