Geografiya va iqtisod fani o’qituvchisi Ishpulatova Matluba Xoshimovnaning “Qadim zamonda odamlar yerni qanday tasavvur qilishgan” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

UCHQUDUQ TUMAN XALQ TA’LIM BO’LIMI

10 – umumta`lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi

Ishpulatova Matluba Xoshimovnaning

“Qadim zamonda odamlar yerni qanday
tasavvur qilishgan”
mavzusida tayyorlagan bir soatlik

DARS ISHLANMASI

Darsning texnologik xaritasi
Sinf: 5
Fan: Geografiya
Darsning mavzusi: Qadim zamonda odamlar yerni qanday tasavvur qilishgan

Dars nomi: “Kuch –bilim va tafakkurda”

O`quv jarayoning amalgam oshirish texnoligiyasi:
Dars uslubi: Ko’rgazmali-amaliy;
Dars Dars usuli: Noan’anaviy (”E’tiborni jamlash”, ”Savol-javoblar”, ”Munozara” ”Test savollar”,
”Kim chaqqon” o’yini, B-B-B usuli)
Dars Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;
Dars Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi
Dars jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, globus, Dunyoning tabiiy xaritasi, plakat, o`quv qurollari;
b) te Texnik vositalari: kompyuter, proyektor,
Asoy Asosiy tushunchalar va atamalar:
“Sov Sovuqlik qutbi”,Oymyakon, Cherrapunja, iqlim shakllanishidagi omillar, nam subtropik, Katta
Kavkaz. Pomir,Karpat.
Dars Darsning maqsadi:
a)Ta’limiy: O’quvchilarga qadim zamonda odamlar yerni qanday tasavvur qilishganli haqidagi bilimlarni berish;
b)Tarbiyaviy:O’quvchilarga qadim zamonda odamlar yerni qanday tasavvur qilishganligi haqida nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish, o’quvchilarni jonli va jonsiz tabiatga nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish;
d)Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni yer yuzasini paydo bo’lishi haqidagi geografik tasavvurlarini shakllantirish, mustaqil ishlash orqali bilim olishga, xotirani
musthkamlashga, tez fikrlashga o‘rgatish, fanga qiziqishni orttirish;
Kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda o‘zaro muloqotga kirishib, o’z fikrini erkin bayon eta olish ko’nikmasini oshirish. Og’zaki nutqini o’stirish.Fikrlash qobiliyatini kengaytirish,atama va tayanch so’zlarni inglizcha yozilishi va aytilishini bilish.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida o’quvchilar geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, hamda Internet-saytlardan mavzuga oid ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila olish.Milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirishda o’quvchilar o’zi yashaydigan o’lkaning iqlimi haqida ma’lumotga ega bo’lish.
Kutilayotgan natija:
O‘qituvchi:O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishini orttiradi. O`quvchilar o`rtasida do`stona muhitni yaratadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi.
O`quvchi:O‘quvchilar mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Kelgusi rejalar;
O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni darsda qo`llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. Darsni tashkil qilishda axborot texnologiyalardan foydalanadi.
O`quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e`tibor qaratadi. Mavzu uchun qo‘shimcha ma`lumotlar topishga, ma‘lumotlar bazasini yarata olish va ularni tahlil qilishga harakat qiladi.

Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi Bajariladigan ish nomi Metodi Vaqti
I bosqich
Tashkiliy qism O`quvchilarni davomatini aniqlash. Kun yangiliklaridan eshitish. Sinfni darsga tayyorgarligini tekshirish.Dars davomida rioya qilinishi lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi.
Dars shiori e`lon qilinadi

Suhbat

3 daqiqa
II bosqich
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

O`tilgan mavzuni mustahkmlash “E’tiborni jamlash”usuli
“Tarqatma”savollar 2 daqiqa

7 daqiqa
III bosqich
Yangi mavzu bayoni a)Yangi mavzuni yoritish
b) Munozara “Tushuntirish”
“Suhbat” 5 daqiqa
12 daqiqa

IV bosqich
Mustahkamlash Mustaqil ishlash
Yakka tartibda ishlash. “Test” savollari
“Kim chaqqon”savol – javob
“B – B – B” usuli 4 daqiqa
3 daqiqa
5 daqiqa
V bosqich
Baholash O`quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib,olgan baholari e`lon qilinadi Suhbat 2 daqiqa

VI bosqich
Uyga vazifa Uyga vazifa tushuntirib beriladi. Yozuvsiz xarita bilan ishlash Atama,tayanch tushuncha va nomlarni o’rganib kelish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, davomat, ob-havo, kun yangiliklari)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish (o’rganiladigan BKM lar)
d) O’quvchilarni guruhlarga ajratish, nomlash,oltin qoidalar.
Darsning shiori: “Biz Beruniy avlodlarimiz
Intilamiz geografiya sari”
Oltin qoidalar:
1. Faollik. 5. Vaqtga rioya qilish.
2.Aytilgan fikrni takrorlamaslik. 6.O`zaro hurmat.
3.To`g`ri javob uchun rag`bat. 7.O`ng qo`l qoidasi.
4. “Bir yoqadan bosh chiqarish”. 8. Intizom.
Guruhlarni nomalash:
1.Xorazmiy 2.Beruniy 3.Farg’oniy
Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);

“E’tiborni jamlash”mashqi orqali “eng, eng,eng” savollari
Eng baland cho’qqi – Jomolungma
Eng katta ko’l – Kaspiy
Eng uzun daryo – Nil
Eng sersuv daryo – Amazonka
Eng katta okean – Tinch
Eng kichik okean – Shimoliy Muz okeani
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

III.Yangi mavzu bayoni:
Inson hayoti tabiat bilan bog’liq bo’lgani uchun kishilar qadim zamonlar-
danoq o’zlari yashaydigan joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan.
Keyinchalik qayiqlar,Yelkanli kemalar yasab, dengizlarda suzishgan, yangi
yerlarni ko’rishgan.Yozish va chizishni o’rganib olishgandan keyin esa borgan
joylari tabiatini, odamlarning yashash tarzini tasvirlab yozishgan. O’zlari yashaydigan joyning hamda borgan yerlarining eng sodda xaritalarini chizishga urinishgan. Shu yo’l bilan geografik ma’lumotlar to’plana borgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra qadimgi kishilar bundan 7 ming yil ilgari Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan. Lekin yerning shaklini odamlar turli joyda turlicha tasavvur qilishgan. Dengiz bo’yida yashaydigan odamlar Yerni Nahang baliqlar ko’tarib turadi, deb o’ylasalar. Cho’lda yashaydigan kishilar yerni toshbaqalar ko’tarib yuradi, deb faraz qilishgan. Yana bir toifa odamlar Yerni fillar ko’tarib yuradi deb, boshqalari esa katta
ho’kiz shoxida ko’tarib turadi, deb fikr yuritishgan.Yerni sharsimon, yumaloq bo’lsa kerak, degan dastlabki tasavvurning yuzaga kelganiga 2400 yildan ko’proq vaqt bo’ldi.
Bunga qadimgi kishilarning kuzatishlari asosiy dalolat edi. Masalan, kema qirg’oqdan uzoqlashib ketayotganida ufqdan pastga tushishi, kelayotganida esa ufq ortidan ko’tarilib chiqishi, Oy tutilganda Yerning Oyga tushgan soyasining doira shaklda ko’rinishi Yerning yumaloq, sharsimon ekanini anglatar edi.Miloddan avvalgi III- asrda Qadimgi yunon olimi Eratosfen yerning kattaligini ancha aniqhisoblagan. U dunyoning birinchi xaritasini tuzgan. Uning xaritasida Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g’arbiy qismlari tasvirlangan.Milodiy II- asrda bu xaritaga nisbatan ancha mukammalroq xaritani Ptolemey tuzgan. Unda Yevropa va Osiyoning katta qismi hamdaAfrikaningshimolitasvirlangan. IV.Mustahkamlash:
’’Test”
1.Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, qadimgi kishilar bundan qancha yil ilgari yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan.
A. 6 ming B. 7 ming C. 8 ming D. 9 ming
2.Cho’lda yashaydigan odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan.
A. Yerni nahang baliqlar ko’tarib turadi. B. Yerni fillar ko’tarib turadi
C. Yerni ho’kizlar shoxida ko’tarib turadi D.Yerni toshbaqalar ko’tarib turadi
3.Yerni sharsimon, yumoloq bo’lsa kerak degan dastlabki tasavvurlarning yuzaga kelganiga qancha bo’ldi.
A. 2400 yil B 2500 yil C. 2300 yil D. 2600 yil
4. Geografiya fanining asoschisi kim?
A. Ptolemey B.Eratosfen C. Beruniy D. Aristotel
5. Dunyo birinchi xaritasini tuzib, Yerning kattaligini aniq o’lchagan olim kim?
A. Ptolemey B. Eratosfen C. Beruniy D.Xorazmiy
”Tezkor” savol – javob:
Atama, tayanch tushuncha va nomlarni ingilizcha lug’aviy ma’nosini aytish.
Geografiya –geography, cho’l-desert, xarita-map, globus-globe, tabiiy-natural, yer shari- the globe, quyosh-sun, suv-water, dengiz-sea, quruqlik-land, tabiat-nature.
“B-B-B” (Bilaman-Bilmoqchiman-Bilib oldim)
O`quvchilardan o`tilgan yangi mavzu yuzasidan qay darajada ma`lumotlarga
Bilaman Bilmoqchiman Bilib oldim

ega ekanliklari quyidagicha so`raladi:
Guruhlarning rag’bat kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: Qadim zamonda odamlar yerni qanday tasavvur qilishgan mavzusini o’qib kelish, atama, tayanch tushuncha va nomlarni o’rganib kelish.
Новый рисунок (1)
Dars jarayonidan lavhalar
Новый рисунок (1)