Geografiya va iqtisod fani o’qituvchisi Yuldosheva Tursunoy Sharifovnaning “Gidrosfera va uning tarkibiy qismlari” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

Sana: 14.09. 2018 yil
Sinf: 6“ A”
Fan: Geografiya
O’qituvchi: Yuldosheva T
Mavzu: Gidrosfera. Uning tarkibiy qismlari.
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: o’quvchilarga gidrosfera haqida yangi bilimlar berish, daryolar va ko’llar haqida ma’lumotlar berish.
b) Tarbiyaviy: o’quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlardan o’qitishga da’vat etish, o’z maqsadiga erishish uchun harakat qilish ruhida tarbiyalash, jamoa bo’lib ishlash, berilgan vazifani bajarishda ma’suliyatni sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish.
c) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish, o’z- o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: Dunyoning tabiiy xaritasi, darslik, tarqatma materiallar, atlas, yozuvsiz
xarita, rangli rasmlar.
Dars o’tish metodlari: mustaqil ishlash, amaliy ish, interfaol usullar, “ Aqliy hujum”, “ Konseptual xarita”, “ Geografik topishmoqlar”.
Dars tipi: aralash
Dars turi: noan’anaviy
Dars rejasi va taqsimoti:
I.Tashkiliy qism
Davomatni aniqlash siyosiy yangiliklar eshitish
-Who is on du tu today?
-Who is absent today?
-What day is it today?
-What date is it today?
Rag’bat uchun turli shakllardagi matematik figuralar ( “5” baho qizil rangdagi beshburchak,
“ 4” baho yashil rangdagi to’rtburchak, “3” baho ko’k rangdagi uchburchak, noto’g’ri javob uchun sariq rangdagi doira) dan beriladi. Dars oxirida eng ko’p matematik figuralarni to’plagan guruh g’olib hisoblanadi.
“ Aqliy hujum”
1. O’zbekiston nechanchi yilda mustaqillikka erishdi?
2. O’zbekiston poytaxti nomini ayting?
3. O’zbekistonda nechta viloyat bor?
4. O’zberistonning qanday davlat ramzlarini bilasiz?
5. O’zbekistonning umumiy maydoni qancha?
6. O’zbekiston aholisi necha mln. Kishiga yetdi?
II.O’tilgan mavzu:
“Pochta usuli”dan foydalanamiz.
4 ta konvertga Okean, Geografik xaritalar, Geografik qobiq, Litosfera deb yoziladi.
Mavzularga oid savollar o’quvchilarga tarqatiladi javob qaysi mavzuga oid bo’lsa ana shu konvertga solinadi.

1. Litosfera nima? 9. Xaritalar masshtabiga ko’ra necha xil bo’ladi?
2. Ritmiklik deb nimaga aytiladi? 10. Atlantika okeanining maydoni va chuqur botig’i
3. Kaynazoy nima? 11.Atlas deb nimaga aytiladi?
4. Platforma nima? 12.Shimoliy Muz okeanining maydoni qancha?
5. Yadroda harorat necha gradus? 13. Yer shari quruqligining eng past va eng baland
6. Relyef deb nimaga aytiladi? nuqtasi?
7. Zonallik deb nimaga aytiladi? 14. Quruqlikni necha foizni tog’lar necha foizini
8. Shelf nima? Tekisliklar egallaydi?
III. Yangi mavzuni bayoni:

Konseptual xarita

Okean
Gidrosfera- suvlari.
ning tarkibiy
qismlari.

Gidrosfera
Uning tarkibiy
Quruqlik
qismlari. suvlari.
Suv omborlar.
Muzliklar.
Yer osti suvlar

Daryo
va
Ko’llar.

Gidrosferaning tarkibiy qismlari. Gidrosfera ( yunoncha, suv qobig’i)
geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo’lib, yerusti va osti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug’laridan iborat.
Okean suvlari: yer yuzasining 71% dan ko’proq qismini okean suvlari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5% ini tashkil etadi.
Okean suvlarining asosiy xususiyati sho’rligi va haroratidir. Okean suvlarining o’rtacha sho’rligi 35%, ekvator yaqinida 34%, tropiklarda 36%, mo’tadil va qutbiy

kengliklarda 33%.
Suvning o’rtacha hororati + 17,5C, Tinch okean eng issiq +19C, eng sovuq okean Shimoliy Muz okeani – 0. 75C. Okean suvi sho’r bo’lganligi uchun – 2C da muzlaydi.
Okean suvlari mantiydan ajralib chiqqan degan g’oyani ko’pchilik olimlar tan olishadi. Bunga sabab hozirgi paytda mantiyadan suv ajralib chiqayotganligidir. Hisob – kitoblarga qaraganda, mantiyada 20 mlrd. km kub hajmga ega bo’lgan suv zaxirasi bor. Bu hozirgi suv miqdoriga nisbatan 15 barobar ko’p demakdir.
Quruqlik suvlari. Daryo, ko’l, botqoqlik, muz, va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlardir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3, 7% qismini tashkil etadi. Shundan 2,5%i chuchuk suvlardir.
Daryolarning zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog’liq. Yog’inlar ko’p yog’adigan hududlarda Amazonka, Kongo, Missisipi, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil bo’lgan. Kam yog’in yog’adigan cho’llarda daryolar bo’lmaydi. Sirdaryo, Amudaryo, Nil kabi tranzit daryolar cho’llarni kesib o’tadi.
Ko’llar kattaligiga, chuqurligiga, oqar yoki oqmasligiga, sho’r yoki chuchukligiga, kelib chiqishiga ko’ra xilma – xildir. Dunyodagi eng katta ko’l Kaspiy ko’lidir ( 376 ming km kv)
Uni va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk havzaning bu ko’llari va Issiqko’l, Balxash ko’llari oqmas ko’llardir. Dunyodagi eng chuqur ko’l Balxash ( 1620) va tanganika ( 1470) oqar ko’llardir. Kelib chiqishiga ko’ra, ko’llar tektonik( Baykal, Tanganika, Nyasa), muz hosil qilgan ( Finlandiyadagi ko’pchilik ko’llar), tog’lardagi morena, vulqonli, qayir, sun’iy, kast ko’llarga bo’linadi.
Suv omborlari, kanallar yerlarni sug’orish, elektr energiyasi olish, sel hodisalarini oldini olish, daryo suvlarini tartibga solish, rekreatsion kabi maqsadlarda quriladi.
Muzliklar quruqlikning 11% maydonini egallaydi. Muzliklarning 99% i qutbiy o’lkalarda, qoplama holatda joylashgan.
Yer osti suvlari yog’inlarning yer po’stiga shimilishidan hosil bo’ladi. Yer osti suvlarining gidrosferadagi ulushi 1.7% ni tashkil etadi.
Ularning ayrimlari shifobaxsh mineral suvlardir. Ko’p yillik muzloq yerlar tuproq, cho’kindi jinslar bilan yerosti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan hosil bo’ladi. Ular Shiloliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 metrdan 1500 metrgacha boradi.
Atamalar bilan ishlash.
G – gorizontal, globus
I – iqlim, irmoq
D – daryo, do’l
R – relyef, rayon
O – okean, orol
S – suv, soy
F – fluger, fasl
E – ekvator, era
R – ruletka, rukva
A – atmosfera. Atlas
Lug’at;
1. Gidrosfera – Hydrosphere
2. Okean – Ocean
3. Daryo – Rever

4. Ko’l – Lake
5. Muz – Ice
IV. Mustahkamlash: Test savollari.
1. Yer yuzasining necha foizini okean suvlari egallagan?
a) 96,5%
b) 71%.
c) 35%
d) 69%
2. Tranzit daryolarni aniqlang?
a) Amozonka. Nil, Kongo
b) Missisipi, Amudaryo, Sirdaryo
c) Nil, Xuanxe, Volga
d) Amudaryo, Sirdaryo, Nil.
3. Dunyodagi eng chuqur ko’l? 4. Muzliklar quruqlikning necha foizini egallaydi?
a) Baykal a) 1,7%
b) Kaspiy b) 9%
c) Orol c) 17%
d) Balxash d) 11%.

V. Uyga vazifa: 20- 22 betlarni o’qish mavzu yuzasidan 20 ta test savollari tuzish.
Yozuvsiz xaritaga daryo va ko’llarni tushirish.

1 2
Dars jarayonidan na’munalar
5 3