Matematika-informatika fani o’qituvchisi Ataqulova Navotoy Xolmurodovnaning “Informatika va axborot texnologiyalari fanidan “5-“B” sinfida “Klaviatura trenajorida mashqlar” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

Dars- muqaddas
Sana: 23.10 2018-yil
Sinf: 5-“B”
Fan: Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu: Klaviatura trenajorida mashqlar
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-o’quvchilarga klaviatura tugmachalarining vazifalari hamda klaviatura trenajor mashqlari dasturlari haqida ma’lumotlar berish.
b)tarbiyaviy-o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,ularni kun tartibiga rioya qilishga o’rgatish, odob-axloq qoidalarini singdirish.
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarni faolligini, iqtidorini va tafakkurini rivojlantirish, maktabda, oilada , jamiyatda o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o’zining burchini bilish , unga rioya qilish.
Dars turi: yangi bilimlar berish, ko’nikma va malaka hosil qilish
Dars uslubi: noan’anaviy, amaliy
Dars usuli: “Klaviatura tugmachalarini yig’ish”, “Sherigini top” usuli, ”Klaster” usuli, “Kim chaqqon” o’yinlari
Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, informatikaga oid ko’rgazmalar, didaktik rasmlar,
AKT vositalari
Darsning texnologik xaritasi:
1. Tashkiliy qism 8min
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10min
3. Yangi mavzu bayoni 12min
4. Yangi mavzuni mustahkamlash 10min
5. O’quvchilarni baholash 3min
6. Uyga vazifa 2min
Darsning bоrishi:
I. Tashkiliy qism:
1. Salоmlashish
2. Sinf tоzaligiga e`tibоr
3. O‘quvchilar davоmatini tekshirish (Sh’eriy tarzda)
O’qituvchi:
Qani ayting bolalar,
Duru gavhar lolalar,
Sinfda kim navbatchi
Bugun tartib saqlovchi
O’quvchi:
Navbatchi menman ustoz,
Har gapingiz dilga mos
So’zlang javob beraman
Hurmatim bildiraman
O’qituvchi:
Qani qizim Sabina
So’zlari bol, durdona
Sinfga kelmagan bormi?
O’zligin bilmagan bormi?
O’quvchi:
Yo’q-yo’q ustoz, muallim,
To’g’ri bergansiz ta’lim
Bugun hammamiz bormiz
Axir bilimga zormiz.
O’qituvchi:
Juda xursandman bundan
So’ray bugun har kimdan
Mavzuni ayt o’quvchim
Ijodkorim to’quvchim
Bugun o’tajak mavzu
Bilim uchun tarozu
Informatika fanim
Gapirganda yayrar dilim
Tayyormisiz bolalar
Iqtidorli saralar
Hamma o’quvchilar:
Ha, tayyormiz muallim,
To’g’ri bergansiz ta’lim
Faningizni sevamiz
Unga sodiq bo’lamiz.

Darsda quyidagi qoidalarga rioya qiling!
1. Intizom 5. Chaqqonlik
2. O’zaro hurmat 6. Bilimdonlik
3. Hamkorlikda ishlash 7. Vaqtdan unumli foydalanish
4. Bir-birining fikrini tinglash

Sinfni 2-guruhga bo’lamiz.

I-guruh “Alifbo-raqamli tugmachalar” II-guruh “Boshqarish tugmachalari”
Har bi guruh o’zining maqsad va shiorlarini aytishadi.

Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.
Guruhlar baholanishi: Qaysi guruh berilgan shartlar bo’yicha “Kompyuterning asosiy qurilmalari” kartochkalarini yi’gib bilsa, o’sha guruh g’olib sanaladi.
O’quvchilar baholanishi: Guruhlar o’rtasida faol qatnashgan o’quvchiga “OFARIN” kartochkasi, o’rtacha qatnashgan o’quvchiga “BARAKALLA” kartochkasi, sust qatnashgan o’quvchiga esa “INTIL” kartochkalari beriladi.

Ma’naviy daqiqa: Kunning muhim yangiliklari so’raladi.
Aziz o’quvchilar hozirgi kunda chet tillariga, ayniqsa ingliz tilini o’rganishga katta e’tibor qaratilgan. Bizning informatika fanimizda ham ko’pgina atamalar ingliz tilida berilgan. Kelinglinglar , informatika fanining ba’zi atamalarini ingliz tilidagi tarjimalarini yodga olsak, qani kim aytadi?

Dasturiy ta’minot- software Yaratish- invent
Apparat ta’minot- hardware Nusxa olish- copy
Operatsion sistema- operation system jo’natish- send
Oynalar, lavhalar- windows saqlash- save
Hujjatlar jildi- fayl Sichqoncha- mouse
Sistemali blok- Block system CD disk- compact disk
Klaviatura- keyboard DVD – digital video disk

II. Otilgan mavzuni mustahkamlash

Biz o’tgan darsda “Klaviatura bilan tanishuv” mavzusini o’tgan edik.
“Klaviatura tugmachalari yig’ish” o’yinini o’tkazamiz. Qani aziz o’quvchilar mana bu yoyilib yotgan klaviatura tugmachalarini yi’g’ib, bir butun klaviaturani hosil qiling-chi?

Новый рисунок (8)

“Sherigini top” usulida har bir guruhdan o’quvchilar chiqib, klaviatura tugmachalari yozilgan qog’ozlar to’g’risiga o’sha tugmachalarning vazifalari yozilgan qog’ozchalardan mosini, ya’ni sherigini topib qo’yadilar.

I-guruh II-guruh

ENTER-buyruq yoki amalni tasdiqlash Esc-oxirgi amalni bekor qilish
Caps Lock-faqat bosh harflarni yozish Back Space-kursordan chapda turgan belgini o’chirish
Delete {del}-kursordan o’ngda turgan belgini Insert-harf yoki belgini almashtirish tartibiga o’tkazish
o’chirish
Home-kursorni satr boshiga o’tkazish End-kursorni satr oxiriga o’tkazish
PageUp-kursorni avvalgi sahifaga o’tkazish PageDown-kursorni keyingi sahifaga o’tkazish

III. Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Klaviatura trenajorining vazifasi.
2. Klaviatura trenajori dasturlari.
3. Klavtren va Star Boom dasturlari.
Kompyuter klaviaturasi yordamida hujjatlar tayyorlash, xat yozish yoki chop etish kabi vazifalarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik va belgilarni to‘g‘ri ishlata bilish ko‘nikmalari talab etiladi. Kompyuterda ishlash ko‘nikmasi bo‘lmagan va birinchi bor ishlash istagi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ko‘pgina qiziqarli klaviatura trenajorlari (mashq bajaruvchi kompyuter dasturlari) yaratilgan. Ko‘pincha bunday trenajorlar bir necha bosqichli bo‘ladi. Ular sodda mashqlardan boshlanadi, 1-bosqichda yaxshi natijalarga ega bo‘lgach, murakkab mashqlarni bajarishga o‘tiladi. Trenajor mashqlari yordamida qo‘l barmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, qulay usullardan foydalangan holda ishlash tezligini oshirishga erishish mumkin.
Bunday trenajorlar qatoriga: Babytype, Parole, Solo, Klavtren, Star Boom! kabi dasturlar kiradi.
Новый рисунок (9)

«STAR BOOM!» trenajori
«Star Boom» (ingl.«yulduzlar yog‘dusi») trenajor dasturi 2 ta mashqni o‘z ichiga olgan. Trenajor dasturini CD disk yoki flesh-xotiradan kompyuterning asosiy xotirasiga qiyinchiliksiz ko‘chirib olish va ishga tushirish mumkin.Ekranda dasturning asosiy oynachasi ochiladi (1-rasm).
Новый рисунок

Mashqlar lotin yoki kirill harflarini tanlash orqali ishga
tushiriladi. Demak, mashqlarni o‘zbek (kirill, lotin), ingliz va rus tillaridabajarish imkoniyatlari bo‘ladi.
Новый рисунок (1)

«Klavtren» trenajori
“Klavtren” trenajor dasturi 2 ta mashqni o‘z ichiga olgan. Trenajor dasturini CD disk yoki flesh-xotiradan kompyuterning asosiy xotirasiga qiyinchiliksiz ko‘chirib olish va ishga tushirish mumkin.Ekranda dasturning asosiy oynachasi ochiladi

Mashqlar lotin yoki kirill harflarini tanlash orqali ishga tushiriladi. Demak, mashqlarni o‘zbek (kirill, lotin), ingliz va rus tillarida bajarish imkoniyatlari bo‘ladi

Новый рисунок (2)

1-mashq. Sodda mashqlar turiga kiradi. Oynachaning yuqori qismidan tushib kelayotgan harfl arga mos tugmacha topiladi va uni tezda bosish orqali vazifa bel gilanib boriladi. Bu mashq yordamida klaviaturadagi harflarning joylashishi o‘rganiladi
Новый рисунок (3)

Mashqni bajarishda vaqt, tezlik va xatolar soni, albatta, hisobga olinadi. Boshlovchilar uchun 1-tezlikni tanlagan ma’qul. Harfl ar joylashuvi bilan tanishib olingach, keyingi tezlikka o‘tish tavsiya etiladi.

Новый рисунок (4)

2-mashq. Ekran bo‘ylab aks etib turgan matnni xatosiz terish. Mashq qisqa vaqt ichida terilgan belgilar soniga ko‘ra baholanadi.
Новый рисунок (5)

Agar matn to’liq kiritilsa, quyidagicha baholanadi.
Новый рисунок (6)

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
“Klaster” usuli
Новый рисунок (7)

Mavzuni yanada mustahkamlash uchun matn terish bo’yicha “Kim chaqqon” o’yinini o’tkazamiz. Buning uchun o’quvchilar kompyuter yoniga o’tirib, Klavtren dasturini ishga tushirib, berilgan matnni kiritish uchun 5-minut vaqt beriladi. Shu vaqt ichida o’quvchilar qancha harf yoki belgilarini kiritganliklari aniqlanadi. Shunga qarab o’quvchilar baholanib, qaysi guruhdagi o’quvchilar ko’proq matn kiritgan bo’lsa o’sha guruh g’olib bo’ladi.
MATN
Biz O’zbekistonda yashaymiz. Bizning vatanimiz O’zbekiston. Bu yerda shaharlar, daryolar, baland tog’lar bor. Vatanimiz meva va sabzavot, qovun va tarvuz, paxta, oltin, neft va gazga boy. Biz o’z vatanimizni sevamiz.

V. Yakuniy qism. O’quvchilarni baholash.
Baholarni jamlaylik,
Olamni yashnataylik.
Bugungi mavzu hammaga tushunarli bo’ldimi? Tushunarli bo’lgan bo’lsa darsimizning g’olib gurunini aniqlaymiz va eng faol qatnashgan o’quvchilarni baholab olamiz.
Yig’ilgan tarqatmalar asosida o’quvchilarni baholaymiz. Kompyuterning asosiy qurilmalarini to’lagan gurunni g’olib deb hisoblaymiz va guruhni tabriklaymiz
VI. Uyga vazifa
Uy ishini eslab qol,
Topshiriqni bilib ol! Mavzuga oid savollarga javob yozib kelish

20181023_142749 20181023_142822

20181023_142707 20181023_142711

20181023_142734 20181023_142724