“Ona tili va adabiyot” fani o’qituvchisi Idiyeva Mo’taram Badridinovnaning Ona tili fanidan “Kesim” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

Dars- muqaddas

Sana : 13.10 2018-yil
Sinf: 5-“B”
Fan: ona tili
Mavzu: Kesim
Darsning maqsadi:
A. O’quvchilarga kesimning gapdagi vazifasi va o’rni ,ifodalanishi haqida tushuncha berish.
F.K2 gap bo’laklarini aniqlay olish, leksik va grammatik tahlil qila olish kompetensiyalarini shakllantirish
B. O’quvchilarni kun tartibiga rioya qilishga o’rgatish, ayniqsa, qizlarni oqila, dono,ibratli qizlar qilib tarbiyalash.
TK4 Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish kompetensiya elementlarini shakllantirish
C. O’quvchilarning yozma nutqi va tafakkurini rivojlantirish
TK 3 sinfda, maktabda, oilada , jamiyatda o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o’zining burchini bilish , unga rioya qilish.
Dars turi: yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish
Dars uslubi: noan’anaviy
Dars usuli: tezkor savollar, “Mosini top”,”So’z sehri” o’yinlari
Darsning jihozi: tarqatmalar, kesimga oid ko’rgazmalar, didaktik rasmlar,
AKT vositalari
Darsning texnologik xaritasi:
1. Tashkiliy qism 5min
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10min
3. Yangi mavzu bayoni 15min
4. Yangi mavzuni mustahkamlash 10min
5. O’quvchilarni baholash 3min
6. Uyga vazifa 2min

Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashish , navbatchi axboroti tinglanadi.
Darsimiz -ona tili . Darsning shiori:
O’qib, uqib, o’rganib
Ilmimiz boyitamiz
Darsning maqsadi:
Maqsadimiz-bahordek
Bo’lsin qalblar beg’ubor,
Eng yuksak marralarga
Biz bo’laylik sazovor.
Kunning muhim siyosiy xabarlari, oyning muhim sanalari haqida suhbatlashamiz.Yil nomlanish, Harakatlar strategiyasi haqida ma’lumotlar aytiladi. Fan oyligi haqida fikrlar she’rlar aytiladi. O’quvchilarga beriladigan savollar:
1.Yilimiz qanday nomlandi?
J: Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va ilg’or texnologiyalarni qo’llab –quvvatlash yili
2. Harakatlar strategiyasida nechta ustuvor yo’nalish o’z ifodasini topgan?
J: 5 ta
3. Ijtimoiy sohani rivojlantirish nechanchi yo’nalish etib belgilangan?
J: 4- yo’nalish
4. Oktabr oyligi butun Respublikamiz bo’ylab qaysi fan oyligi sifatida keng nishonlanadi?
J: ona tili va adabiyot fan oyligi
O’qituvchi: Ona tilimizni madh etuvchi she’rlardan , rivoyatlardan bilamizmi?
O’quvchi: Til bilgan el biladi, deydi xalqimiz. Tilshunoslarning Nuy-Yorkda bo’lib o’tgan kongressida professor Karlo Talyavini hammani hayratda qoldirdi. U minbarga chiqib 50 tilda birin-ketin tabrik nutqi so’zladi. U filologiya fanlari doktori, jahondagi 50 ta fanlar akademiyasiga a’zo. U yetti yoshidan boshlab boshqa tillarni o’rgangan: dastlab 7 tilni bilgan, 22 yoshida 15 tilni bilgani uchun unga doktorlik diplomi berilgan. Olim har yili 3-4 tilni o’rganadi. Tal’yavin 120 tilni bilgan.Demak, til o’rganish uchun, avvalo, o’z ona tilini mukammal bilish zarur. O’zbek tili o’zbek millatining davlat tilidir; uni respublikamizda 15 millionga yaqin xalq ona tilim deydi.
O’quvchi:O’zbek tili qadimiy tillardan bo’lib, dastlabki yozma yodnomalar VI – VII asrlarga oiddir (Urxun-Enasoy yozuvlari). Arablar istilosi davrida tilimizga arab tilining ta’siri kuchli bo’ldi, lekin tilimiz ijodkori xalqimiz tirik bo’lgani va kurashgani uchun u o’z lug’atini va grammatik qurilishini saqlab qoldi. Ayni vaqtda arablardan ko’plab so’zlar oldi.
O’quvchi: O’zbek tilida X-X1 asrlarga kelib yirik asarlar yaratildi. Mahmud Qoshg’ariy (“Devonu lug’otit-turk”) Yusuf Xos hojib (“Qutadg’u bilig”), Ahmad Yugnakiy (“Hibatul hahoyih”) kabi donishlar o’z qalamlari bilan ona tilimizning boyligi, ko’rkini ochib berdilar. Ahmad Yassaviy, Rabg’o’ziy kabi buyuk adiblar turk tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar.
O’quvchi: XI-XV asrlar o’zbek tilini rivojlantirishda Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Xorazmiy, Navoiy kabi shoirlar ham o’zlariga xos o’rin tutdilar.
O’quvchi: XV asr ona tilimizning gullash davri sanaladi. Bu ulug’ Navoiy ijodi bilan bog’lanadi. “Xamsa”, “Xazoinul-maoniy” asarlari bilan Alisher Navoiy turk tilini jahon miqyosiga olib chiqdi. U “Muhokamatul-lug’atayn”, “Majolisun-nafois” kabi ilmiy-tanqidiy asarlari bilan o’zbek tilining kuch-qudratini, boyligini va nafisligini namoyon qildi, turkiy tilida yozgani bilan nihoyatda faxrlandi:
Ona tilim
Po’lat Mo’min
O’rgilayin,ona tilim, o’zginangdan.
Tillarimga bol keladir so’zginangdan.
Tilim, yana bo’lavergin burro-burro.
Oh, naqadar ohangdorsan, yana a’lo.

Til haqida
Alixonto’ra Sog’uniy
Asar yozding ersa ona tilida yoz
Yo’q esa aning yozgani buzgani.
Taralmish butun yer yuza ilmu fan
To’liq til kerakdir ani bilgani.
To’liq til qarindosh ona til erur
Bo’lurmu kishi andin ayrilgan
Kishi o’z tilini yaxshi bilmasa gar
Bilingki, har ishdan keyin qolgani.
Til haqida she’rlardan, maqollardan, hikmatli so’zlardan tinglaymiz.
Hikmatli so’zlar:
Tilga ixtiyorsiz- elga e’tiborsiz.
Til-millat ko’zgusi.
Tilga e’tibor – elga e’tibor.
Ona tilim, jon tilim,
Sensiz men so’ladirman,
Devona bo’ladirman,
Tuqqanimga yetti yot begona bo’ladirman. (Sh. Qurbonov).
Ikki narsa bilan kishi qarimaydi: biri – ezgu xulq, biri – yaxshi so’z.
(Yusuf Xos Hojib).
Ko’p til bilish bir qulfning ko’p kalitga ega bo’lishi demakdir.
(F. Volter).
Donau dur so’zini afsona bil,
So’zni jahon bahrida durdona bil.
(A. Navoiy)
Ona tilim, jon timsh, yuragimning –
Qoshida sayrab turgan bulbulim. (Sh. Qurbonov).

O’qituchi: -Hozir o’lkamizda qanday fasl hukmron?
O’quvchi: – Oltin kuz fasli o’z saxovati bilan dasturxonimizni, omborimizni, xirmonimizni noz-ne’matlarga to’ldirib bizni xursand etmoqda.
O’qituvchi: Paxtakorlarimiz-chi? Ular qanday yumush bilan mashg’ul?
O’quvchi: – Paxtakorlarimiz oq oltinning har bir misqolini terib xirmonni ko’kka yetkazish harakatidalar.
O’qituvchi: -Keling, aziz o’quvchim biz ham ularga ko’maklashaylik.
Qanday qilib deysizmi? Bugungi darsimizda sizning faol ishtirokingiz, har bir “5” bahoyingiz ularga hosilni yig’ib olishdagi yordamingiz bo’ladi. Bir to’g’ri javobingizni mana bunday oq oltin tasvirli tarqatma bilan baholaymiz Har bir tarqatmaning og’irligi esa 10 kilogrammga teng . Qani darsimiz oxirigacha siz necha kg paxta tera olasiz
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Mavzu: Gap bo’laklari.

O’tgan mavzu takrori-
Bugunning poydevori.
Savollarga javob ber,
Topshiriqni tez bajar.

“Savolimga javob ber” o’yini
Berilgan savollarga to’g’ri javob bersangiz gap shakllanadi.

Kim? , qayerga?, nima uchun?, nima qildi?
Dildora darsxonasini tartibga solish uchun kirib ketdi.

Kim?, kim bilan?, qayerga?, nima qildik?
Biz hasharchilar bilan paxta dalasiga bordik.
Tezkor vavollar:
1. Gap bo’laklari deb?…
2. Ular necha turga bo’linadi?
3. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari?…
4. So’zning tuzilishiga ko’ra turlari?…
5. Ko’p so’zining ma’nodoshlari….
6. Ko’p so’zining zid ma’nosi….
7. Yetti kara yetti,
O’yin nihoyasiga yetti.
Ushbu misradagi yetti so’zini tahlil qilamiz.
O’qituvchi: Uy ishini bajardikmi? 117-mashq “Men ardoqlaydigan fazilat” mavzusida matn yaratish. Gap tarkibidagi bo’laklarga diqqat qilish. 1-gapingda nechta mustaqil so’z ishtirok etyapti? Ularga so’roq berib ko’raylik-chi gap bo’lagi bo’la oladimi?
Azizlarim, endi yangi mavzuga o’tsak bo’ladimi?
3. Yangi mavzu bayoni
Yangi mavzu – yangi ma’no
Har jumlada ming ma’no.
Bugungi mavzumiz “ Kesim” deb nomlanadi. Kesim –gap bo’laklaridan biri. Eng asosiy qismi bo’ladi. Bosh bo’laklardan biri hamdir.
1-topshiriq
O’qidim, ko’rding, aytdi so’zlari ishtirokida har bir guruhdan 1 nafardan o’quvchi bittadan gap tuzib doskaga yozadi.
Men bugun qiziq bir latifa o’qidim.
Demak, o’qidim so’zi ushbu gapimizning mazmuniy markazini tashkil etib,1-shaxs birlikda kelib, nima qildim? so’rog’iga javob bo’ladi.
Shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qildi?, nima qilyapti?,nima bo’ldi?, nima bo’lyapti?, kimdir?, nimadir?,qayerdir? So’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zlar kesim deb ataladi.
U o’rtog’iga kitob sovg’a qildi.
Gapni gap bo’lib shakllanishida muhim bo’lgan , uning mazmuniy va Grammatik markazi hisoblanuvchi bo’lak kesimdir. Shuning uchun ham u gapning eng muhim bo’lagi, bosh bo’lagi hisoblanadi. Ega esa kesim ifodalagan belgi, harakat –holatning egasi sifatida kesimdan keying o’rinda turadi. Kesim orqali boshqa bo’laklarni shakllantirib gapimizni yoyiq gapga aylantirsak bo’ladi. Bitta kesimdangina iborat bo’lgan gap ixcham gap deyiladi.
Bajardi. O’qidi. O’qimadi. Kesimlik ma’nolari kesimlik shakllari orqali ifodalanadi.
M: o’qi-ma – tasdiq yoki inkor, o’qi- asos –di- zamon
Har bir kesimlik ma’nosi alohida alohida ifodalanishi mumkin.
M: o’qi-ma-di-m Ushbu so’zda o’qi-asos, -ma-inkor shakl,-di- zamon ma’nosini ifodalasa, -m-I shaxs birlikni ifodalab keladi.
Sintaktik tahlil jarayonida kesimning ostiga ikki to’g’ri chiziq chizamiz .

“Mosini top”usuli
118-mashq
Berilgan gaplarning mazmuniga mos kesimlarni topib gaplarni to’ldiring.
Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar …..
Dalalarda boychechaklar, chuchmomalar, binafshalar…..
119-mashqni dam olish daqiqasi sifatida sahna ko’rinishi orqali namoyish etamiz. Bunda bir o’quvchi buvi yana bir o’quvchi qiz rolini bajarib odobli qiz qanday bo’lishini namoyish etib beradilar. Sahna nihoyasida o’qituvchi aziz o’quvchilar, sizning orangizda ham shunday qizlar bormi? deb murojaat etadi.
Odobli, aqlli qizlar haqida qanday maqollarni bilasiz? Kabi savollar bilan murojaat etadi.
“So’z sehri ” o’yini

120-mashq
Berilgan so’zlar ishtirokida purma’no gaplar tuzing
Himoya qilmoq, sayraydi, o’qiysizmi, ketmoqchiman.
O’zbek tili so’zga boy,
Sizga ayon hoynahoy,
Bu tilda so’zlaganda
Bulbullar qilar xanda
1. Ona –Vatanni himoya qilmoq eng oliy burchimizdir.
2. Qushlar shodon sayraydi.
3. Biz a’lo baholarda o’qiymiz.
4. Men siz bilan harbiy xizmatga ketmoqchiman.
4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Bilim bo’lsin mustahkam,
Fikrlarni etgin jam.
Bo’sh o’tirma bosh qotir,
Topgin uning javobin.
Boshqotirmani to’g’ri yechsangiz, o’zbek xalq maqollaridan birini topasiz. Doskada va slayd orqali boshqotirmani taqdim etamiz.

T o’ d i e

g’ r g r i

i o’ t o’ z

z a a d i

Javobi: To’g’ri o’zadi, egri to’zadi.
O’zadi-kesim: o’z-asos, -adi-kelasi zamon qo’shimchasi kesimlik ma’nosi ifodalangan.
Darsning bu qismida 5 ta test topshirigini ham bajarib o’tamiz.
1. Shaharda ko’kalamzorlashtirish oyligi bo’lib o’tdi.
Ushbu gapda ifodalangan kesimni toping.
A. Shaharda
B. Ko’kalamzorlashtirish
C. Oyligi
D. bo’lib o’tdi
2. Qayerda? tinchlik bo’lsa baraka bo’ladi.
Berilgan gapdagi so’roq so’z o’rniga kerakli bo’lakni topib joylashtiring.
A. Maktabda B. poyezdda
C. oilada D. Tabiatda
3. ……. gapning mazmuniy markazi. U boshqa bo’laklarsiz ham gap bo’la oladi.
Nuqtalar o’rniga mos so’zni topib joylashtiring.
A.Ega B. Kesim
C. Aniqlovchi D. To’ldiruvchi
4. I shaxs bora…
II shaxs bora…
III shaxs bora…
Yuqoridagi fe’llarga mos shaxs-son qo’shimchalarini qpo’ying
A.-man, -san, -di C. –miz, -man, -san
B. –di, -san, -miz D. –dik, -siz, -san
5. O’qidi so’zining ma’nodoshini aniqlang.
A. mutolaa qildi B. qoraladi
C. bajardi D yig’ladi

5. O’quvchilarni baholash.
Baholarni jamlaylik,
Olamni yashnataylik.
Bugungi mavzu hammaga tushunarli bo’ldimi? Tushunarli bo’lgan bo’lsa darsimizning eng faol terimchilarini baholab olamiz.
Yig’ilgan tarqatmalar asosida o’quvchilarni baholaymiz. Terimchi o’quvchimiz kim bo’ldi ekan? Keling birgalikda aniqlab olamiz. Tarqatma orqali o’quvchilarning qancha paxta terganliklari aniqlanib, bahoga tenglashtiriladi. 30 kg paxta terganga “5” , 20 kg ga “4”, 10kg ga “3” baho qo’yiladi.
6. Uyga vazifa

Uy ishini eslab qol,
Mashq shartini bilib ol!

122-mashq
”Dam olish kunida” mavzusida kichik hikoya yozing . Yozgan matningizdan kesimlarni aniqlab ostiga ikki to’g’ri chiziq chizing.

IMG_20181013_133214 IMG_20181013_133845

IMG_20181013_133855 IMG_20181013_134907