Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o‘rganish hamda texnik ijodkorlikni rivojlantirish maqsadida ilk marotaba “Youth techno art” festival-tanlovi tashkil etildi.
Tanlov ikki bosqichda, avtomodel, avia-raketamodel, kemasozlik, robototexnika, elektron o‘yinchoqlar, radiotexnika, elektronika va aloqa, Kino-video havaskorlik yo‘nalishlarida tashkil qilinib, uning hududiy bosqichlarida jami 7000 nafarga yaqin o‘quvchilar 10 mingdan ortiq ijodiy ishlari bilan qatnashdi.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da tanlovning respublika bosqichi o‘tkazilib, unda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 105 nfar o‘quvchilar ishtirok etdi.
Respublika bosqichiga taqdim etilgan ijodiy ishlar Toshkent shahridagi Turin politexnika, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika hamda Toshkent Axborot-texnologiyalar universitetlarining mutaxassiclari tomonidan baholandi.
Ko‘rik-tanlov jarayonida o‘quvchilarning 1200 dan ortiq ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Shuningdek, estrada yulduzlari va “Barkamol avlod” bolalar markazlari qoshida tashkil etilgan “Tantana”, “Navro‘z”, “Doirachilar” guruhlari o‘z badiiy chiqishlarini namoyish etishdi.
Tanlov g‘oliblari vazirlikning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Youth techno art-2017” festival-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari
RO‘YXATI
T\R | F.I.Sh | O‘rni | Hududi | Maktabi, sinfi |
“Avtomodel” yo‘nalishi | ||||
1. | Ilhomov Alisher | 1-o‘rin | Jizzax viloyati Jizzax shahri | 12- maktab, 8-sinf |
2. | Temirxonov Akbarxon | 2-o‘rin | Samarqand viloyati Oqdaryo tumani |
8-maktab, 9-sinf |
3. | Kurashov Fayoz | 3-o‘rin | Navoiy viloyati Qiziltepa tumani |
1-maktab, 9-sinf |
“Avia-raketamodel” yo‘nalishi | ||||
4. | Oripov Azizbek | 1-o‘rin | Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri |
4-maktab, 6-sinf |
5. | Mannopov Abdulatif | 2-o‘rin | Andijon viloyati Andijon shahri |
29-maktab, 9-sinf |
6. | Raximjonov Shaxriyor | 3-o‘rin | Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani |
1-maktab, 7-sinf |
“Kemasozlik” yo‘nalishi | ||||
7. | Jamoliddinov Quvonchbek | 1-o‘rin | Namangan viloyati Norin tumani |
10-maktab, 9-sinf |
8. | Abduxoliqov Ruslan | 2-o‘rin | Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani |
38-maktab, 7-sinf |
9. | Menlibayev Quuanish | 3-o‘rin | Qaraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani | 21-maktab, 9-sinf |
“Robototexnika” yo‘nalishi | ||||
10. | Rahmatullayev Mehriddin | 1-o‘rin | Navoiy viloyati Qiziltepa tumani |
23-maktab, 9-sinf |
11. | Soyipov Muxammadjon | 2-o‘rin | Jizzax viloyati Jizzax shahri |
8- maktab, 6-sinf |
12. | Zokirov Shaxboz | 3-o‘rin | Toshkent viloyati Bekobod shahri |
5-maktab, 9-sinf |
“Elektron o‘yinchoqlar” yo‘nalishi | ||||
13. | Jamoliddinov Xasanboy | 1-o‘rin | Namangan viloyati Namangan shahri | 79-maktab, 5-sinf |
14. | Ubaydullayev Islomxon | 2-o‘rin | Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri |
14-maktab, 9-sinf |
15. | Saidov Ulug‘bek | 3-o‘rin | Samarqand viloyati Samarqand tumani | 46-maktab, 8-sinf |
“Radiotexnika, elektronika va aloqa” yo‘nalishi | ||||
16. | Boltayev Nodirbek | 1-o‘rin | Xorazm viloyati Urganch shahri |
1-maktab, 7-sinf |
17. | Adilxodjayev Yunusxo‘ja | 2-o‘rin | Toshkent shahar Yunusobod tumani |
246-maktab, 7-sinf |
18. | Annayev Kamron | 3-o‘rin | Surxandaryo viloyati Termiz shahri |
Termiz san’at kolleji 2-bosqich |
“Kino-videohavaskorlik”yo‘nalishi | ||||
19. | Baxtiyorjonov Asadbek | 1-o‘rin | Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri |
1-IDUM, 9-sinf |
20. | Qalbayev Allayar | 2-o‘rin | Qaraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani | 1- maktab, 6-sinf |
21. | Soatillayev Qobiljon | 3-o‘rin | Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani |
19- maktab, 7-sinf |