Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish

7-A

MAVZU: IKKILIK SANOQ SISTEMASIDA AMALLAR BAJARISH.

Dars shiori: Zamonaviy fanni o’rganmoqqa,

Biz tayyormiz saboqqa.

Dars maqsadi:
1.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga ikkilik sanoq sistemalari haqida tushuncha berish va bilim va ko’nikmalarini shakllantirish
2.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda hayotdagi har qanday vaziyat uchun turli ko’rinishdagi rejalarni tahlil etish orqali to’g’ri yechim topish va sinfdoshlari bilan samimiy do’stona muloqat o’rnatishga yo’naltirish. O’quvchilarni zamon talabida tarbiyalash.
3.
^ Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni erkin fikrlash qobiliyatini o’stirish, fanlararo bog’lanishni tushungan holda o’quv fanlarini o’zlashtirishiga bo’lgan qiziqishlarini shaklllantirish.

Dars uslubi: Ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi

Shakl: Sayohat darsi, kichik guruhlarda ishlash, savol-javob, bahs-munozara, musobaqa-o’yin,

^ Dars jihozi: Darslik, tarqatma materiallar, boshqotirmalar, didaktik materiallar, ko’rgazmalar, kompyuter, proyektor, mo’jiza maydonchasi.

Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, siyosiy daqiqa o’tkazish, o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish

^ Dars qo’yidagi harita bo’yicha olib boriladi.

Siyosiy bilim

Guruh nomini sharhlash

Tez aytish
uruh

Tezkor savol

Yangi mavzu

Xotirani mustahkamlash

.

a) Guruhlarga sayohat qilamiz. Guruhlar o’z nomlarni sharhlaydilar.

1-guruh: “Algoritm” guruhi.

^ Aqilli mashinalar bizlarni hushnid ayladi

Lahzalari hilma-xil insonni hayron ayladi.

Graf yasar buyruq bilan mashaqqatdan qutqardi

Operator buyruq bilan ko’plarni  ishga shayladi.

Informatika o’zligin olamga oshkor ayladi

Ilmu-fan o’rganmoqni yoshlarga maqsad ayladi.

Turbo Paskal, Beysikni o’rganib o’g’il-qizlar

Magnit misoli tortib horijni yaqin qildi.

2- guruh: “Kompyuter ” guruhi.

Kompyuter xonasiga kirar bo’lsang eshik ochiq,

Komptuter kutib turar senga o’z nurin  sochib.

Unga jo bo’lib turli misol hamda yangilik

Informatika fanini o’rganishga bo’lib kalit
2.
^ Siyosiy bilimimizni sinab olamiz.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, hammamizga ma’lumki, Vatan deganda biz- o’zimiz tug’ilib o’sgan makonini, kindik kindik qonimiz to’likgan zaminni tushunamiz. Hozirgi o’tkaziladigan treningimizda “Mening fukrim yagona emas” shiori asosida , barcha sinf o’quvchilari o’z fikrlarini qalb so’zlarini aytadilar.

Sizlarga savol: “Vatan” deganda nimani his qilasiz? Qalbingizda qanday tug’yonni sezasiz?

1-o’quvchi: Yoqimli tuproq isini his qilaman.

2-o’quvchi: O’zimni go’zal chamanzor qo’ynida his qilaman.

3-o’quvchi: Vatan- bu tandirdan uzilgan issiq non isidir.

4-o’quvchi: Vatanni onajonimning issiq bag’ri va mehriga qiyoslayman.

5- o’quvchi: Uyimiz ostonasidan chiqqach, darrov o’yimni, onamni sog’inaman. Bu vatan hissi bo’lsa kerak.

6- o’quvchi:Vatanga muhabbat ona suti bilan kiradi.

7-o’quvchi: Ona turting-oltin beshiging.

8- o’quvchi: Vatanni sevmoq iymondandir.

9- o’quvchi: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.

10-o’quvchi: Vatan- ona so’zi naqadar laziz,

Sensan har narsadan mo’tabar aziz.

Shu zaylda barcha o’quvchilar Vatan haqidagi o’z hissiyotlarini aytadilar.

O’qituvchi: Barakalla, Vatan haqidagi barchangizning his-tuyg’ularingiz to’gri va o’rinli. Endi siz har doim ana shu sevgan Vatanimizni yo’qotmaslik, uni asrab-avaylash uchun yaxshi o’qishimiz, komil inson bo’lishingiz kerak.
2.
Tez aytish olamiga kirib boramiz.

Mo’jiza maydonchasiga tez aytishlar to’plami yozilgan bo’ladi. Guruh sardorlari bir-birlariga tez aytish matnini tortib beradi.

1-guruhga:

^ KARIM KOMPYUTERNI KO’P KO’RGANMI?

KOMIL KOMPYUTERNI KO’P KO’RGANMI?

2-guruhga:

KARIM KOMPYUTERNI KALITINI TOPDIMI?

KOMPYUTER KARIMNI KALITINI TOPDIMI?
ii.
O’tilgan mavzuni so’rash: (tezkor savollar)

1-guruhga:
1.
Informatika faniga qachon asos solingan? (XX asrning 50-yillarida)
2.
Axborot bu- (sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’siri, bog’liqlik darajasi).
3.
Informatika fani nimani o’rganadi? (informatika kompyuter texnikasini qo’llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’illanuvchi fandir.)
4.
O’quvchilarni shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti necha minutdan oshmasligi kerak? (25-30 minutdan).
5.
Kompyuterning qurilmalari nima deb ataladi?

(Hardware).

2- guruhga:
1.
Axborot tashuvchi vositalardan sanab bering. (kitob, gazeta, magnit tasmalar, disk, flash xotira).
2.
Axborotlar qanday turlarga ajratiladi? (analog va diskret).
3.
Alifbo bilan bog’liq qanday kodlash usullari bor? (alifbodagi harflarni tartibini ko’rsatuvchi sonlar bilan almashtirish va aralashtirilgan alifbo usuli).
4.
O’quvchilarni shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti bir kun davomida necha minutdan oshmasligi kerak? (180 minutdan).
5.
Kompyuterning dasturiy yoki yumshoq qismlari nima deb ataladi? (Software).

O’quvchilarni yakka holda bilimlarini sinash uchun quyidagi savollar beriladi. Savol olgan o’quvchilar og’zaki javob beradilar, qolganlariga esa faslga atab kompyuterda rasm chizish vazifasi beriladi.

Har bir to’gri berilgan javoblarga rag’bat kartochkalari berib boriladi. Darsning yakuniy qismida ko’p rag’bat kartochkalri olgan o’quvchilar baholanadi va izohlab beriladi.
1.
Chap ustundagi so’zlarni o’ng ustundagi

jumlalarga moslab joylashtiring.

Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog’liq barcha jarayonlar …… deb ataladi.
diskret

analog

Axborotlar …. va …. turlarga ajratiladi.
Axborotli jarayonlar

2.Informatika faniga oid atamalardan yozib bering.

3.Informatika faniga oid maqol yozib bering.
2.
Berilgan axborotdagi qonuniyatni aniqlang va nuqtalar o’rniga kerakli sonni yozing.

90

18

12

2.
Matn muharriridagi menyular satrini yozib bering.
3.
Triada jadvalini yozib bering

ii.
Yangi mavzu bayoni.

Mavzu: Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish.

Reja:

1. Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar.

2. Ikkilik sanoq sistemasidagi butun sonlarni o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazish.

3. O’nlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik

sanoq sistemasiga o’tkazish.

Yangi mavzu oldindan o’quvchilarga uy vazifasi qilib beriladi.

Shu o’rinda darsning BIO sxemasini aniqlab olishni joiz deb topdim. Yozuv taxtasi yoki oq qog’ozga quyidagicha chizma chiziladi.

1-ustun: “Nimalarni bilaman?”

2-ustun: “Nimani bilmayman?”

3-ustun: “Natijaga erishdikmi?”

Bilaman
Istayman
Oldim

O’quvchilar bilganlarini yozadilar
Bilish istaklarini yozadilar
O’quvchilar va o’qituvchi tomonidan tushunchalar olib boriladi.

Dars jarayonida guruhlar o’rtasida yangi mavzu buyicha tushuntirish, savol-javob, mulohaza, bahs-munozaralar o’tkaziladi. Guruhlar javobini o’qituvchi tinglab baholab boradi va har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkalari berib boriladi.

Hisоblash mashinasining tuzilishi va ularda dasturlashtirish sanоq sistemalari bilan chambarchas bоg’liqdir.

O’qituvchi: Kundalik hayotimizda ishlatiladigan o’nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarish usullarini blamiz. Mazkur usullar boshqa barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun o’rinli bo’lib, toki oxirgi qiymat bo’yicha eng katta razryadni qo’shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doin eslash kerakki, agar biror razryad sonlarni qo’shganimizda natija sanoq sistema asosi qiymatidan katta chiqsa, yig’indining sanoq sistema asosidan katta qismini keyingi razryadga o’tkazish kerak.

Masalan, o’lik sanoq sistemasida: Kadaskop orqali o’quvchilarga ko’rsatiladi.

1857910

+ 564810

_________

2422710

Ma’lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan. Shu sistemada qo’shish, ayirish, ko’paytirish amllarini bajaramiz. Qani o’quvchilar mavzu sizga oldindan vazifa qilib berilgan edi. Qo’shish amalini jadvalini qaysi guruh doskaga yozib beradi? O’quvchilar mustaqil o’rganib kelganlari uchun ikkila guruh ham baravariga qatnashadilar.

1-guruhdan bir o’quvchi, 2- guruhdan ham bir o’quvchi doskaga chiqib, qo’shish amalini jadvalini yozadilar.

Qo’shish

0+0=0

0+1=1

1+0=1

1+1=10

O’qituvchi kadaskop orqali jadvalni doskaga uzatadi. Guruhlar to’g’ri yozganlari uchun rag’bat kartochkalari beriladi.

Qo’shish amalini mustahkamlash uchun mashqlar yechiladi. O’quvchilar mo’jizalar maydonchasidan kartochkalarga yozilgan misollardan birini tanlab oladilar.

1-guruhga: 11101

+ 1011

100000 j: 100000

2-guruhga: 10111

+ 1101

100100 j: 100100

Ayirish amalini ham guruhlardagi o’quvchilardan bitadani doskaga chiqib jadvalni doskaga yozadilar.

Ayirish

0-0=0

1-0=1

10-0=10

10-1=1

Ayirish amalini mustahkamlash uchun guruhlar yana mo’jizalar maydonchasidan misollarni tanlab oladilar.

1-Guruhga: 1011

– 101,11

110,11 j: 110,11

2- guruhga: 1111

– 10,11

1101,11 j: 1101,11

Guruhlardan yana bittadan o’quvchilar doskaga chiqib, ko’paytirish jadvalini yozadilar. Har bir o’quvchilar bajarayotgan amllari baholanib boriladi.

Ko’paytirish

0•0=0

0•1=0

1•0=0

1•1=1

1-guruhga: 101

X 101

101

+ 000

101__

11001

2-guruhga: 110

X 100

000

+ 000

110

11000

Arifmetik ammallar bajarilib bo’lgach, o’qituvchi tomonidan quyidagi misol tushuntiriladi.

O’nlik sanoq sistemasidagi 4,7,15 sonlarni o’nlik va ikkilik sanoq sistemalarida qo’shing. Avvalgi darsdagi jadvallardan foydalanib,

410=112, 710=1102, 1510=11112 ekanligini bilamiz.

10 lik s/sda
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9

2 lik s/s da
0
1
10
11
100
101
110
111
1000

1001

0

0000
1

0001
2

0010
3

0011
4

0100
5

0101
6

0110
7

0111
8

1000
9

1001

A

1010
B

1011
C

1100
D

1101
E

1110

F

1111

O’nlik Ikkilik

410+710+1510 1002+1112+11112

4 100

+ 7 + 111

15 1111

26 11010

O’qituvchi: Turli asosli sanoq sistemasidagi butun sonlarni o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazishda quyida keltirilgan asos darajalari bo’yicha yiyish formulasidan foydalaniladi.

Bu yerda: а, ak-1, …, a0-berilgan sonni tashkil etuvchi raqmlar; k-sondagi raqamlar sonidan bitta kam miqdor.

Misol. Ikkilik sanoq sistemasidagi 101110 sonni o’nlik sanoq sistemasidaga o’tkazing.

Yechish: Yuqoridagi formulaga muvofiq

a0=0, a1=1, a2=1, a3=1, a4=0, a5=1 va q=2.

Demak, 1011102=1•25+0•24+1•23+1•22+1•21+0•20=32+0+8+4+2+0=4

1-guruhga misol: Ikkilik sanoq sistemasidagi 101 sonni o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazing.

Yechish: 1012=1•22+0•21+1•20=4+1=510

2-guruhga misol: Ikkilik sanoq sistemasidagi 110 sonni o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazing.

Yechish: 1102=1•22+1•21+0•20=4+2+0=610

O’nlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazish uchun berilgan son o’tkaziladigan sanoq sistema asosiga natija 1 ga teng bo’lguncha ketma-ket bolinadi va qoldiqlar ongdan chapga qarab yoziladi.

Misol: O’nlik sanoq sistemasidagi 34 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazing.

Yechish:

1.
Har bir o’quvchi o’zini tug’ilgan sanasini o’nlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazadi.
2.
Bugungi sanani o’nlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazadi.
ii.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi test savollar tarqatma materiallar orqali so’raladi.

1.
Qaysi qatorda asos darajalari bo’yicha yoyish formulasi to’gri yozilgan?

1.

2.

3.

2.
1111+111= Qo’shish amali tog’ri bajarilgan qatorni toping.
1.
10010 B) 10100 C) 10110

3.
1010-101= Ayirish amali to’g’ri bajarilgan qatorni toping.
1.
111 B) 101 C) 100
4.
Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 100111101 sonini sakkizlik sanoq sistemasiga o’tkazilgan sonni toping.
1.
475 B) 485 C) 465
5.
O’nlik sanoq sistemasidagi 18 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazing.
1.
10010 B) 110010 C) 111010
ii.
Baholash: baholash mеzonini quyidagicha:

Ko`k rangdagi kartochka -5ball;

Yashil rangdagi kartochka-4ball;

Sariq rangdagi kartochka-3ball;

Qora rangdagi kartochka-2ball

VI. Uyga vazifa: Darslikdagi 1-7 mashqlarni yechib kelish. Mavzuga oid boshqotirma tuzib kelish.

 

 

About the Author

You may also like these

blog lam dep | toc dep | giam can nhanh

|

toc ngan dep 2016 | duong da dep | 999+ kieu vay dep 2016

| toc dep 2016 | du lichdia diem an uong

xem hai

the best premium magento themes

dat ten cho con

áo sơ mi nữ

giảm cân nhanh

kiểu tóc đẹp

đặt tên hay cho con

xu hướng thời trangPhunuso.vn

shop giày nữ

giày lười nữgiày thể thao nữthời trang f5Responsive WordPress Themenha cap 4 nong thonmau biet thu deptoc dephouse beautifulgiay the thao nugiay luoi nutạp chí phụ nữhardware resourcesshop giày lườithời trang nam hàn quốcgiày hàn quốcgiày nam 2015shop giày onlineáo sơ mi hàn quốcshop thời trang nam nữdiễn đàn người tiêu dùngdiễn đàn thời tranggiày thể thao nữ hcmphụ kiện thời trang giá rẻ