Tojiyeva Lola Ikromovnaning “Yevropa xalqlari madaniyati” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad: Bilimlar: O’quvchilarga Yevropa xalqlarida ilm-fan taraqqiyotining sabablari, bu davr olimlarining dunyo ilm-fani taraqqiyotiga qo’shgan hissalari haqida tushunchalar berish.
Ko’nikmalar: O’quvchilarning voqea-hodisalarni tahlil qila olish hamda ularda umumlashma xulosalar chiqarish ko’nikmasini shakllantirish.
Malakalar: O`quvchilarning mavzuga oid qo’shimcha manbalar bilan ishlay olish,mavzuga oid nazariy bilimlarni ijtimoiy hayot bilan bog’lay olish, hayotiy misollar keltirish qobiliyatlarini va nutq madaniyatini rivojlantirish
Tarbiyaviy va rivojlantiruvchi Tayanch kompetensiya  Kommunikativ  Axborot bilan ishlash  Umummadaniy
 Shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirish  Ijtimoiy faol fuqarolik
 Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish (1 – Izoh. Tayanch kompetensiyalar)
Xususiy kompetensiya  Fikrni bayon qilish, ma’lumot bera olish
 Tarixiy manbalar bilan ishlay olish
 Tarix ta’limiga oid nazariy bilimlarni boyitib borish
 Ijtimoiy faollik (qo’llay olish) kompetensiyasi
 Axborotlar bilan ishlay olish (izlash, tahlil qilish) kompetensiyasi
 Ma’naviy madaniyatga ega bo’lish (2 – Izoh. Xususiy kompetensiyalar)

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Dars turi: aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi
Dars shakli: interfaol mashg’ulot: savol – javob, jamoa bo’lib ishlash
Dars metodi: “Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Meni top” usuli , “Aqliy hujum” , “Klaster”, Yillar xronologiyasi
Dars jihozi: darslik, xarita, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT

Yangi dars mavzuning tayanch tushunchalari,atamalari,tarixiy sana va ismlar:
Akademiya platon, Magnavr Oliy maktabi, Grek olovi, Mazoika, Freska, Ekona, Roman uslubi, trifium, kvadrium.
DARSNING BLOK CHIZMASI:
Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod yoki shakl Vaqt
I – bosqich:
Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi Savol – javob
4 daqiqa
II – bosqich: O’tilgan mavzuni takrorlash Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash Guruhlarda ishlash,
“Tezkor savol-javob”, “Zakovot savollari” 12 daqiqa
III – bosqich: Yangi mavzuni tushuntirish Yangi mavzuni tushuntirish ma’ruza 8 daqiqa
IV – bosqich:
Yangi mavzuni mustahkamlash Yangi mavzuni mustahkamlash “Klaster”, “Meni top” 15 daqiqa
V – bosqich:
Dars yakuni va baholash G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish Muhokama,
tahlil 4 daqiqa
VI – bosqich:
Uyga vazifa Uyga vazifani tushuntirish Topshiriq 2 daqiqa

I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
Dars shiori: “Bilim – baxt keltiradi”
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan “Harakatlar strategiyasi” haqida ma’lumot beriladi, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
1.4. O’quvchilarni 2 ta guruhga bo’lish:
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. 1-guruh: “Vizantiya”, 2-guruh: “Kiyev Rusi”.
II. O’tilgan mavzuni “Sharqiy slavyanlar.Kiyev Rusi.” takrorlash..
O’quvchilarga o’tgan darsda o’rganilgan “Sharqiy slavyanlar.Kiyev Rusi” mavzusi bo’yicha olgan bilimlari quyidagi savol, topshiriqlar orqali mustahkamlanadi:
1) VI-VII asrlarda slavyanlar qaysi hududlarda istiqom qilganlar?
2) G’arbiy slavyanlarga qaysi hududlar kirgan?
3) Slavyan davlatlarida ijtimoiy tuzum va din qay tarzda namoyon bo’lgan?
4) Bolgariya podshologi qachon va kim tomonidan tashlik topgan?
5) Knyaz Vatslav Chexiya davlati tarixida qanday o’rin tutgan?
6) Rus haqiqati qachon kim tomonidan tuzilgan?
O’tilgan mavzu asosida 2 ta guruhdan 1 nafardan o’quvchilar buyuk qirol va imperatorlar portretini chizadilar.

III. Yangi mavzu bayoni..

1. Franklar imperiyasida madaniyat 2. Vizantiya madaniyati
3. Tas’viriy san’at 4. Cherkov va maorif 5. Slavyan yozuvining yaratlishi
Franklar imperiyasi madaniyati
Buyuk Karl o‘z davlatida yangi marif tizimini yaratib, Qirol tomonidan 789- yilda xalq maktablari joriy etiladi. Binobarin, qonunga binoan maktablar ibodatxona qoshida tashkil etilib, ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini o’qitish buyurilgan. Sariy shahrida ham maktab tashkil etilib, unda Karlning yaqin do‘stlari olimlar – «Sarioy akademiyasi» a’zolari dars berishgan. Saroy akademiyasi antik davr mualliflari asarlarini o’rganish va she’rlar bitish bilan mashg‘ul bo‘lishgàn. Ulardan biri tarixchi-roxib Eyngard bo’lib, uning asari orqali biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni bilishimiz mumkin. Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqiqligi tufayli zamondoshlari uni “mehnatsevar chumoli” deb ataganlàr. “Sariy akademiyasi”ning yana bir a’zosi Alkuin shogirdlari bilan maorifni keng targ’ib qilishda katta xizmat qilgan. Aytishlaricha, Karlning o‘zi ham lotin hamda yunon tillarini mukammal bilgan.
Vizantiya madaniyati
O‘rta asrlarda Vizantiya o‘ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg‘or mamlakatlari sirasidan o’rin egallagan. Sababi, german qabilalari istilosi natijasida inqirozga uchragan G‘arbiy Rimdan farqliroq, Vizantiyada antik madaniyat an’analari saqlanib, vizantiyaliklar hayotida yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishmasi — ellinizm muhim o‘rin tutgan. Ilm-fan eng rivojlangan shahar, «fanlar onasi» –Afina edi. Platon (mil. av. IV asrda) Afina akadamiyasiga asos solgan. Tarixiy kitob va nomalar orqali ushbu bitiklarni ko’rishimiz mumkin: “… Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yillar davomida nafaqat yunon, balki butun Sharq-u G‘arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, insoniyat taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida “ustodi avval”, ya’ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qozonadi”.
Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o‘quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, 1045-yilda huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritar edi. Vizantiyada tarix va geografiya fanlari ham rivojlangan. O‘rta asrda Vizantiyaga shuhrat keltirgan shishasozlik, kulolchilik, bo‘yoqlar tayyorlash sirlari antik davrdan bizgacha yetib kelgan. VII asrda ixtiro qilingàn “grek olovi” Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta’minlagan.
“Grek olovi” uloqtiriladigan yonuvchi modda bo‘lib, neft, oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasidan tayyorlangan. Vizantiya harbiy kemalarida foydalanilgan.Tarixchilar o‘zlari ishtirok etgan voqealarni batafsil bayon etardilar. Geograflar esa xarita va shahar chizmasini chizardilar. O‘sha vaqtlarda Yevropaning boshqa qismida bunday ishlar qilinmagan edi.Tasviriy san’at va me’morchilik. Vizantiya madaniyatining eng mashhur sohasi tasviriy san’at: mozaika, freska va ikonalar yasash bo‘lgan.Mozaika (frans. mosaique – muzalarga bag‘ishlangan) – bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog‘och, marmar va metall) bo‘laklaridàn ishlangan tasvir, naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan. Qonunlar talablar doirasidàn kelib chiqib, mavhum emas, jonli kishilarni tasvirlashga intilganlar. Mozaika va freskalari bilan Xori monastiri (hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi) o‘z davrining ajoyib me’morchilik yodgorliklaridàn hisoblanadi. Yustinian I davrida Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasini hech shubhasiz ilk o‘rta asrlarning eng mahobatli me’morchilik inshooti deb atash mumkin. Uning ulkan gumbazi bo‘lib, 40 ta deraza gulchambari bilan qurshalgan. Turli xil toshlar va oyna parchalaridan yasalgan juda ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan. X–XI asrlarda to‘g‘ri burchakli ibodatxonalar o‘rniga ko‘rinishidan xochsifat, o‘rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan.Ibodatxonalar bir vaqtda osoyishtalik va xudoning dargohi hisoblangan. Ibodatxonalarni bezatishda qat’iy cherkov qonunlariga – Iso payg‘ambar, Bibi Maryam, avliyolar va “Bibliya” manzaralarini tasvirlash qonunlariga rioya qilingan. Xristian diniga oid san’atning maqsadi o‘lgandan keyin jannatning rohat-farog‘atiga qanday erishish yo‘l-yo‘rig‘ini dindorlarga targ‘ib qilishdan iborat edi. O‘rta asr Yevropasiga Vizantiya asosiy madaniyat tarqatuvchisi bo‘lgan: uning ustalari, musavvirlari, me’morlari boshqa mamlakatlarga taklif etib turilgan, shuningdek, ustalar va olimlar qo‘lida Yevropa yoshlari tahsil olganlar. Janubiy va Sharqiy slavyanlar madaniyatiga Vizantiya kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Vizantiyadan Kiyev Rusi xristianlik dinini qabul qiladi. Rusdagi dastlabki ibodatxonalar ham vizantiyalik ustalar tomonidan qurilib jihozlangan. G‘àrbiy Yevropada hàm ilk o‘rta asrlarda ibodatxonalar, monastirlar qurilishigà alohida e’tibor qaratiladi.Me’morchilikdà roman uslubi ayniqsa yuksalib, unda ibodatxonalar ulkan, salobatli devorlari, gumbazlari, qalin ustunlari, unchalik katta bo‘lmagan derazalari, darvoza va eshiklari arkali qilib qurilganligi bilan ajralib turadi. Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar: Fransiyadagi Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari; Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkovlar hisoblanadi. Cherkov va maorif. G‘arbiy Yevropada ilk o‘rtaasrlàr madaniyati xristian cherkovi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Cherkov ilm, maorif, adabiyot va san’atga bevosita ta’sir o‘tkazgan. Shuning uchun kishilarning dunyo haqidagi tasavvurlari cherkov hamda din ta’limotiga asoslangan edi.Boshqa mamlakatlar haqidagi ma’lumatlar yetarli bo‘lmaganidan, aholi orasida turli uydirmalar ko‘p bo‘lardi. Fan-texnikataraqqiyotining pastligi insonlarning qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yuqumli kasalliklardan jabrlanishiga olib kelgan. Zarurat bo‘lmaganidan faqat dehqonlar emas, hatto feodallar orasida ham savodli kishilar kam bo‘lgan.Ritsarlar imzo o‘rniga ko‘pincha ikki chiziq tortib qo‘yishgan. Ibodatxona va monastirlar qoshidagi boshlang‘ich maktablar quyi martabadagi ruhoniylarni tayyorlagan. Bu kabi maktablarda lotin tilidan tashqari, ibodat qilish va duolar o‘qish tartiblari ham o‘rgatilgan. Katta ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan o‘rta maktablarda esa dunyoviy ilmlar ham o‘qitilgan. Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan shu turdagi maktablar asrlar o‘tib universitetlar ochilishi uchun asos bo‘ladi. Ibodatxona maktablarida turli yoshdagi bolalar yoshiga qarab sinflarga bo‘linmasdan, aralash holda o‘qitilgan. Aksari maktablarda bittagina kitob bo‘lgan va o‘qituvchi uni navbat bilan bolalarga berib, parchalar o‘qitgan. Darslar lotin tilida olib borilgan. O‘quvchilarning qiziqishi deyarli hisobga olinmagan. Intizomsiz o‘quvchilar qattiq jazolangan. Maktablarda antik davrdan mavjud “yetti erkin san’at” deb nomlangan fanlar o‘rgatilgan. O‘quvchilar dastlab trivium – grammatika, doalektika va ritorikani o‘zlashtirganlàr. Grammatikà – tilshunoslik ilmi, bolalarni o‘qishga o‘rgatgan. Dialektika – hozirgi mantiqqa o‘xshash fan bo‘lib, unda o‘quvchilar munozara olib borishga, o‘z fikrini isbatlashga o‘rgatilgan. Ritorika – she’r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san’atini, huquq asoslarini o‘rgatgan. Nisbatan murakkab fanlar tarkibi kvadriumda o‘quvchilar: arifmetika, gometriya, musiqa va astronomiya asoslarini o‘zlashtirganlar. Astronomiyaga o‘rta asrlardamashhur bo‘lgan astrologiya – munajjimlikka oid ma’lumotlar kiritilgan. Munajjimlar sayyora va yulduzlargaqarab odamlar taqdirini aytib berishga harakat qilganlar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
3.1. Guruhlarda ishlash:
2 ta guruhda “Meni top” va “Klaster” usulidan foydalangan holda mustahkamlanadi.

1)Kiуev Rusi hukimdori Olga
2)Vizantiya imperatori Yustinian
3)Buyuk Karl Franklar imperiyasi imperatori
4)Qirol Artur

V.Dars yakunida guruhlarning rag’bat va jarima kartichkalari hisoblanib, g’olib va mag’lub guruhlar aniqlanib rag’batlantiriladi. Darsga yaxshi qatnashgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma orqali rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa.
Mavzuni o’qib kelish va mavzu yuzasidan savollar tuzib kelish.

About the Author

You may also like these

blog lam dep | toc dep | giam can nhanh

|

toc ngan dep 2016 | duong da dep | 999+ kieu vay dep 2016

| toc dep 2016 | du lichdia diem an uong

xem hai

the best premium magento themes

dat ten cho con

áo sơ mi nữ

giảm cân nhanh

kiểu tóc đẹp

đặt tên hay cho con

xu hướng thời trangPhunuso.vn

shop giày nữ

giày lười nữgiày thể thao nữthời trang f5Responsive WordPress Themenha cap 4 nong thonmau biet thu deptoc dephouse beautifulgiay the thao nugiay luoi nutạp chí phụ nữhardware resourcesshop giày lườithời trang nam hàn quốcgiày hàn quốcgiày nam 2015shop giày onlineáo sơ mi hàn quốcshop thời trang nam nữdiễn đàn người tiêu dùngdiễn đàn thời tranggiày thể thao nữ hcmphụ kiện thời trang giá rẻ