Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Qodirova Nodira Qudratovnaning 2-“A” sinf bilan “Ona tilim – jonu dilim” mavzusida o’tkazilgan tadbir ishlanmasi.

21-oktabr – O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

Sana: 12. 10. 2018. Sinf: 2-“A” Q’qituvchi: Qodirova. N. Q.

Mavzu: Ona tilim – jonu dilim.
Sahnaga bayram ruhiga mos kiyingan ikki boshlovchi (yigit va qiz] chiqib kelishadi.
1-boshlovchi: 2-boshlovchi:
-Ona tilim, jon tilim, -Tilim – davlat tilidir,
Ona tilim yashasin. Oshdi qudrati, qadri.
’’Assalomu alaykum” Boshqa tillar ichida
Began kalom yashnasin. Tikladi chinor qadri.
1- boshlovchi: – Assalomu alaykum, Til bayrami tadbiriga tashrif buyurgan aziz murabbiy va ustozlar, mo’tabar mehmonlar va qadrli o’quvchi yoshlar! “Ona tilim-jonu dilim” deb nomlangan madaniy – marifiy tadbirimizga xush kelibsiz!
2- boshlovchi: – Tadbirimizni taniqli avar shoiri, Dog’istonning buyuk o’g’loni Rasul Hamzatovning “Ona tilim” deb ataluvchi mashhur she’ridan olingan yuqoridagi parcha bilan bejiz boshlamadik. Darhaqiqat, har qanday xalq, har qanday millat yoki elat uchun xoh u kattami, xoh kichikmi, o’z ona tilisi qadrli va azizdir. Shunday emasmi?
1- boshlovchi:
– O’zbek tilim, elimning
– Urib turgan yuragi.
O’zbek tilim – yurtimning
Tarixi, kelajagi.
Mustaqiliik hadya etgan va bugungi kunda ajoyib an’anaga aylangan o’zbek tili bayramini biz har yili katta xursandchilik bilan kutib olamiz.
Tillar – insoniyatning umumiy boyligi. Ana shu boylik ichra o’zbek tilimizday buyuk, mislsiz, jozibali, mukammal olam ham borligi bizga g’urur vayuksak faxr tuyg’ularini bag’ishlaydi. Zero, o’zbek tilimiz nihoyatda boy til. Undagi so’zlar dunyosining ufqi bepoyon.
2- boshlovchi:
-Buyuk Mahmud Qo’shg’ariy Ardoqlagan buyuk til.
Shoir bobom Navoiy “Xamsa” bitilgan suyuk til.
“O’zbek tilimizning boyligini yaxlit holda tasawur etish uchun Alisher Navoiy
asarlari dunyosiga bir nazar tashlashning o’zi kifoya. Qanday bepoyon tafakkur va tuyg’ular olamiga sho’ng’iysiz. Bu olamda butkul koinot aks etadi. Bu xazinadan bebahra qolish mumkin emas. Alisher Navoiyning o’zlari ham “Muhokamat ul – lug’atayn” asarida o’zbek tili fazilatlarini isbotlab berganlar”, deydi O’zbekiston xalq shoiri Jumaniyoz Jabboriy.
1- boshlovchi: – Ha, darhaqiqat, Navoiy hazratlari butkul hayoti va ijodini ona tili ravnaqi uchun baxshida etdilar. Shuning uchun ham Navoiy bobomiz o’zbek tilimizning asoschisi hisoblanadi. U zamonlarda “turkey tili” deb yuritilgan ona tilimizning so’z boyligi, badiiy ijod uchun yaroqli ekanligini isbotlab, Sharq mumtoz adabiyotining hamma janr va turlarida betakror asoslar yaratdilar. Jumladan, besh mustaqil dostondan iborat “Xamsa” ni yozib, mavjud adabiy an’analarga yangiliklar kiritdilar. O’zbek lirik she’riyatini yuksaklarga ko’tardilar.
2- boshIovchi:
-Kim bag’ishLab jon – tannin Sevsa elin chinakam,
Sevsa ona Vatanin,
Sevar ona tilin ham.
Endi o’quvchilarimiz o’zbek tili bayramiga bag’ishlab dastur tayyorlab kelishgan, keling, navbatni ularga beramiz.
Sahnaga o’quvchilar chiqib, tadbir dasturini davom ettirishadi.
1-o’quvchi: 2-o’quvchi:
Ona tilim – jon dilim, -Sayragayman bulbul bo’lib,
Sen bor mangu yashar elim. Faxr etaman qalbim to’lib.
O’tirmayman bo’ynim qisib, Ko’krak kerib maqtansam kam,
Davralarda burro tilim. O’zing ustod, o’zing g’olib
3- o’quvchi: 4-o’quvchi:
-Qadimiysan, navqironsan! – Hayot qoni tomirimda,
Koni qudrat, so’z -qurolsan! Qorilgansan xamirimda.
Mag’zing to’la zich – zich ma’no, Bitilgansan ona tilim,
Obi chashma – pok zilolsan. Peshonamda – taqdirimda.
5- o’quvchi: – Respublikamizda Mustaqillik arafasida, Yurtboshimiz Islom ‘Karimov rahbarligida “Davlat tili to’g’risida” gi Qonunning qabul qilinishini ona tilimizga nisbatan izchil davlat siyosatining birinchi bosqichi deb hisoblasak, “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” gi Qonunning hayotga tatbiq etilishini bu siyosatning uzviy davomi deb tushunish lozim.
6- o’quvchi: – Davlat tilini hayotga izchil tadbiq etish jarayoni va lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga mukammal o’tish o’quv dargohlarida 2005 yilning 1-sentabridan kuchga kirdi.
Darsliklar, o’quv qo’llanmalar, bolalar va o’smirlar uchun mo’ljallangan adabiyotlarning barchasi lotin yozuviga asoslangan o’zbek tilida nashr etilmoqda! Buning uchun davlatimizga, uning rahbari – muhtaram Prezidentimizga katta rahmatlar aytamiz.
Biz mustaqil yurt farzandlari ona tilimiz boyliklarini chuqurroq egallashimiz, uning imkoniyatlaridan kengroq foydalanishimiz, shartdir.
O’g’il va qiz bolalar ijrosida xalq qo’shiqlaridan laparlar ijro etiladi.
l- boshlovchi: – Bolalar, endi ona tilimiz haqidagi shoirlarimiz tomonidan bitilgan she’rlardan namunalar eshitamiz. Qani marhamat.
7- o’quvchi; – “Ona tilim”. Anvar Sobirjon she’ri,
O’zbek tili so’zga boy, Men shu tilde so’zlayman,
Sizga ayon hoynahoy. Va shu tilde kuylayman.
Bu tilde so’zlaganda, Navoiyning g’azali,
Bulbullar qilar xanda. Bu tilde xo’p mazali.
Tilini sotganlarni,
Gunohga botganlarni.
Bo’lding deya havoyi,
Kechirmagan Navoiy.
8- o’quvchi: 9-o’quvchi:
Ona tilim, turkey tilim, – Ona tilim, o’zbek tilim,
Ardoqligim, o’qbek tilim, Qadim qadim turkey tilim,
Avaylayman seni doim, Menga berding san’at, bilim,
Qaboq ila ko’zdek tilim. Vatanimdek ko’rkli tilim.
10-o’quvchi: 11-o’quvchi:
Ey, sevikli o’zbek tilim, – Turkiy tilim, ko’rkli tilim,
Turkiy tilim, ona tilim, O’zbek tilim, ko’zdek tilim,
O’zga tilga alishmayman, Ona tilim dono tilim,
O’z onasin almashar kim? Dunyoda bir dona tilim.
12- o’quvchi: – “Ona tilim” ga O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov She’ri.
Ming yillarkim bulbul kalomi O’zgarmaydi, taxlit hamisha.
Ammo sho’rlik to’tining holi O’zgalarga taqlit hamisha.
13- o’quvchi:
– Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman.
Navbatdagi o’quvchi Ravshan Isoqov qalamiga mansub she’rdan parcha o’qiydi:

14- o’quvchi:
-Til bilganga ming tanga,
Turli tilde so’ylasin.
Ammo lekin har kimning O’z tilidan qo’ymasin.
Sahnaga boshlovchilar chiqishadi.
1- boshlovchi; – E, qoyil, hammani ham o’z tilidan qo’ymasin. Nima dedinglar, to’g’rimi? O’zbek tilimiz, uning behat go’zalligi, betakrorligi, so’zlarga boyligi
borasida juda ajoyib she’rlar yodlabsiz.
2- boshlovchi: – Insonning tilini bilmasdan turib, uning dilini bilib bo’lmaydi, deb bejiz aytilmagan. Til – dil kaliti. Qadim zamonlardayoq Pifagor: “Har qanday xalqning ma’naviyatini bilmoqchi bo’lsang, eng avvalo, uning tilini o’rganishga intil”, deb aytgandi.
l-boshlovchi: – Xalqimizda esa “Til bilgan el biladi”, degan naqil bor. Xalqimizning hikmatli xazinasida bunday ibratli maqollar, matallar talaygina. Shundaymi? Hozir hammamiz o’quvchilar tomonidan yod o’qiladigan xalq
maqollariga quloq tutamiz.

*Do’sting ham-til. Dushmaning ham til
*Ko’p gapning ozi yaxshl, Оz gapning sozi yaxshi.
*Tilning suyagi yo’q,
*Mehr xazinasi til
*TiI – aql tarozusi.
*Tig’ jarohati bitar, Til jarohati bitmas.

So’ng mustaqil O’zbekiston madhini tar annum etuvchi qo’shiq bilan tadbir

yakunlanadi.

Копия (4) Изображение 406 Копия (5) Изображение 406
“Ona tilim – jonu dilim” tadbiridan lavhalar

Копия (6) Изображение 406 Копия Изображение 406

About the Author

You may also like these

blog lam dep | toc dep | giam can nhanh

|

toc ngan dep 2016 | duong da dep | 999+ kieu vay dep 2016

| toc dep 2016 | du lichdia diem an uong

xem hai

the best premium magento themes

dat ten cho con

áo sơ mi nữ

giảm cân nhanh

kiểu tóc đẹp

đặt tên hay cho con

xu hướng thời trangPhunuso.vn

shop giày nữ

giày lười nữgiày thể thao nữthời trang f5Responsive WordPress Themenha cap 4 nong thonmau biet thu deptoc dephouse beautifulgiay the thao nugiay luoi nutạp chí phụ nữhardware resourcesshop giày lườithời trang nam hàn quốcgiày hàn quốcgiày nam 2015shop giày onlineáo sơ mi hàn quốcshop thời trang nam nữdiễn đàn người tiêu dùngdiễn đàn thời tranggiày thể thao nữ hcmphụ kiện thời trang giá rẻ