Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Rahmatova Shahlo Zubaydullayevnaning “Boshlang’ich sinflarning ona tili fani darslarida qo’llaniladigan interfaol metodlar” mavzusida tavsiyasi.

Boshlang’ich sinflarning onatili fani darslarida qo’llaniladigan interfaol metodlar

Boshlang’ich sinflarda ona tili ta`limining samaradorligi `oqitish metodini to`g`ri tanlash, “Ona tili” fanining amaliy yo`nalishidan kelib chiqib, ta`lim jarayonida ko`proq o`quvchini o`ylashga, fikrlashga undovchi, o`quv topshiriqlarini ishga solish, o`quvchilarda bilish – o`rganish ehtiyojini yuzaga keltiradigan dars shakllaridan foydalanish dars samaradorligini oshirib, ijobiy natija beradi..
Ona tilidan tashkil etiladigan didaktik o`yinlar o`quvchini izlanishga, ijodiy faoliyat ko`rsatishga, o`rganilayotgan til hodisalarining mohiyatini aniqlab, hukm va xulosalar chiqarishga undaydi. Ta`limiy o`yinlar har bir o`quvchiga o`zini namoyish etish, o`z fikr – mulohazalarini himoya qilish, topshiriqni shavqu – zavq bilan bajarish imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanishi zarur bo`lgan ijobiy sifatlar: tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, hushyorlik, qat`iyatlik, bilimdonlik, mustaqillik, tadbirkorlik, ijodkorlik kabilar ko`pincha ta`limiy o`yinlar orqali tarkib toptiriladi.
Dars mashg`ulotlarida faqat bir xildagi o`yin – topshiriqlar bilan cheklanib qolmay, balki ko`proq ijodiylikka undovchi o`yin – topshiriqlarga e`tiborni kuchaytirishga to`g`ri keladi. Zero, o`quvchilarni fikrlashga, o`ylashga, matn yaratishga o`rgatmasak, hozirgi zamon darsiga qo`yilgan muhim talab shaxsning rivojlanishiga erishib bo`lmaydi.
1.“Tez top” o`yini. O`qituvchi o`quvchilarga xalq maqollaridan namunalar aytadi. O`quvchilar esa tushungan va izohlab bera olgan o`quvchilar o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi.bunday maqollar qatorini davom ettiradi. Ulardan sanoq sonlarni aniqlaydilar hamda shu maqollarning ma`nolari ustida ish olib boradilar. Sonlarni o`z ichiga olgan maqollarni belgilangan miqdorga yetkazib, ularning ma`nosini izohlab beradilar.

Namuna: “Bir bolaga etti mahalla ota-ona”, “Sanamay sakkiz dema”, “Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi”, “Bir kalla – kalla, ikki kalla tilla”…
O`quvchilarning imlo savodxonligini oshirish maqsadida “To`g`ri yozgan g`olib bo`lar, yaxshi ilmu tolib bo`lar” o`yin – topshirig`idan foydalansa bo`ladi. Bu o`yinda o`qituvchi ma`lum bir sonlarni raqam bilan taxtaga yozadi va ularni imlo qoidasiga muvofiq yozishni talab etadi. Masalan, 1-2, 3-4, 5, 10 ta, 15 ta, 40, 55, 60 ta, 70-80 ta, 90, 100, v.h.
Raqamlar bilan ifodalangan sonlarni so`zlar orqali to`g`ri yozgan o`quvchilar o`yin sharti asosida g`oliblikni qo`lga kiritishlari mumkin.
Darsning noan`anaviy shakllaridan yana biri 2.“Topqirlar bellashuvi” darsidir. Bu darsni tashkil etish uchun sinf o`quvchilari avvalo ikki guruhga ajratiladi. Guruhlar o`rganilgan 3-4 mavzu doirasida oldindan savol va topshiriqlar tuzadilar. Boshlang’ich sinf o`quvchilarining bilim saviyasini hisobga olib, bu topshiriqlar bevosita o`qituvchi rahbarligida tuzilgani ma`qul. Bellashuvda birinchi guruh ikkinchi guruhga va ikkinchi guruh birinchi guruhga savol va topshiriqlar beradi. O`qituvchi qaytarilgan javoblarni tahlil qiladi va har bir guruhga ballarini e`lon qiladi. Ko`p ball to`plagan guruh o`yin g`olibi sanaladi.
“Topqirlar bellashuvi” darsini har xil shakllarda o`tkazish mumkin”, Masalan, “So`zlar olamiga sayohat”, “Gaplar olamiga sayohat”, “To`siqlarni yengib o`taman” v.h. kabi.
3.“Belgilarini izohlang” o`yini. O`yinni o`tkazishda o`quvchilar uch guruhga ajratiladi. 1-guruh qovunning rang – tusini, 2-guruh esa shakl- hajmini, 3-guruh uning maza – ta`mini bildiruvchi sifatlarni topishadi.
1-guruh: ko`k, oq sariq, sarg`ish
2-guruh: katta, kichik, uzun, dumaloq.
3-guruh: Shirin, mazali, to`yimli
O`qituvchi qovunning rasmini taxtaga ilib qo`yadi-da, 1–guruhdan maza – ta`mini ifodalovchi, 2- guruhdan rang – tusni, 3–guruhdan shakli –hajmni bildiruvchi sifatlarni aniqlashni topshiradi. Shu uyaga kiruvchi barcha so`zlarni yozib chiqqan o`quvchilar o`yin g`olibi sanaladi.
4. “Nima yaxshi-yu, nima yomon” o`yini. Bu o`yin talabiga ko`ra o`quvchilar o`z tengdoshlaridagi yaxshi va yomon xususiyatlarini aniqlashlari, qanday o`quvchilar odobli, qanday o`quvchilar odobsiz ekanliklarini aytish topshiriladi.
Namuna: yaxshi xuxusiyatlar–aqlli, odobli, zehnli, shirinsuxan , xushmuomala, bilimli, bilimdon, dono, kamtar, farosatli.
Yomon xususiyatlar: aqlsiz, beodob, yolg`onchi, aldoqchi, dangasa, yalqov, ishyoqmas, berahm.
5.“Juftini tanlang” o`yini. Bu o`yinda o`qituvchi juft sifatlarning birinchi qismini aytib boraveradi, o`quvchilar esa uning har ikkala qismini daftarlariga yozib boradi. Berilgan sifatlarning juftini to`g`ri yozgan o`quvchilar o`yin g`olibi sanaladilar.
Namuna: mayda – chuyda, yaxshi – yomon, past – baland, uzoq – yaqin, shirin – achchiq, oq-qora, v.h.
6.“Qanday sonni qo`yamiz” o`yini. Bu o`yinda so`z birikmalaridagi nuqtalar o`rnini son bilan to`ldirish topshiriladi va belgilangan vaqtda uni to`g`ri bajargan o`quvchilar guruhi g`olib sanaladilar. Tavsiya etilgan so`z birikmalari : o`quvchi, … maktab, … daraxt, … xona, … tramvay, … ko`cha, … un, … beda, … tuproq.
Namuna: 3 ta o`quvchi, 1-maktab, 4 ta daraxt, 12 –xona, 11-tramvay, 7- ko`cha, bir qop un, bir bog` beda, bir siqim tuproq.
7.“Qo`yilgan savollarga to`g`ri javob top” o`yini. O`zbekiston qaysi mamlakatlar bilan chegaradosh? O`zbekistondagi qaysi shaharlarning nomlarini bilasiz?, O`zbekistonda qanday mahsulotlar ishlab chiqariladi?, O`zbekistonning qaysi mevalari olamga mashhur savollariga to`g`ri javob bergan o`quvchilar bellashuv g`olibi bo`ladi.
O`qituvchi dars davomida “O`z qishlog`ing (Shahring) nomini sharhlay olasanmi?” o`yin – topshirig`idan foydalanib, atoqli otlar imlosi ustida ishlash mumkin. Buning uchun o`qituvchi oldin bu mavzuni o`quvchilarga vazifa qilib beradi va ota – otangiz, bobo – momolaringdan “O`z qishlog`ingiz (Shahringiz) tarixi” haqida ma`lumotlar to`plab keling deb topshiriladi.
8.“O`rmonda va hovlida” o`yini. O`qituvchi o`yin haqida o`qivchilarga izoh beradi: O`rmonda yashaydigan yovvoyi hayvonlar va hovlida yashaydigan uy hayvonlari haqida o`ylang hamda ularni ikki ustunga alohida ajratib yozib chiqing deyiladi. O`quvchilar yozadilar:

O`rmonda: Hovlida:
Bo`ri Qo`y
Tulki Ot
Sher Sigir
Ayiq Echki
Qaysi o`quvchi yoki o`quvchilar guruhi belgilangan vaqtda ko`p hayvon nomini yozsa o`yin g`olibi sanaladi.
Ta`limning samaradorligini ko`p jihatdan tafakkurning rivojlanganlik darajasiga bog`liq. “Tafakkur – deb qayd qiladi psixolog M.T. Davletshin, – kishi aqliy faoliyatining yuksak formasi bo`lib, real borliqning bilvosita va umumlashgan intiqosi, borliqdagi buyumlar hamda hodisalar o`rtasidagi aloqa – munosabatlar va ularning umumiy xossalarining aks etish jarayonidir”. Shunday ekan , har bir darsda turli o’yinlar tashkil etilib borilsa , o’quvchilarning darsga qiziqishi ortadi, o’tilgan mavzu yodida saqlanib qoladi.

About the Author

You may also like these

blog lam dep | toc dep | giam can nhanh

|

toc ngan dep 2016 | duong da dep | 999+ kieu vay dep 2016

| toc dep 2016 | du lichdia diem an uong

xem hai

the best premium magento themes

dat ten cho con

áo sơ mi nữ

giảm cân nhanh

kiểu tóc đẹp

đặt tên hay cho con

xu hướng thời trangPhunuso.vn

shop giày nữ

giày lười nữgiày thể thao nữthời trang f5Responsive WordPress Themenha cap 4 nong thonmau biet thu deptoc dephouse beautifulgiay the thao nugiay luoi nutạp chí phụ nữhardware resourcesshop giày lườithời trang nam hàn quốcgiày hàn quốcgiày nam 2015shop giày onlineáo sơ mi hàn quốcshop thời trang nam nữdiễn đàn người tiêu dùngdiễn đàn thời tranggiày thể thao nữ hcmphụ kiện thời trang giá rẻ